56
rishning rivojlanish jarayonida insoniyatning bilimi va ishlab
chiqarish tajribasi texnikada mujassamlanadi. Òexnika inson-
ning og‘ir mehnatini yengillashtiradi.
2. Shirin muomalada bo‘lish har bir kishining burchidir.
Odamlar bir-birlarining qalbiga yaxshi va shirin so‘z orqali
yo‘l topadilar. Ammo inson qalbiga so‘zni o‘z holicha singdirib
bo‘lmaydi. Buning uchun o‘zingizga libos tanlagan kabi so‘zni
ham pardozlaysiz. So‘zingizga libos
sifatida ohang kiydirasiz,
gapingiz go‘zal so‘zlardan tashkil topsin. Ortiqcha har bir
so‘z noo‘rin ichilgan dori kabi zararlidir. Har bir kishi
so‘zning qadrini baland tutsin, samimiy va jarangdor so‘zni
sog‘inib yashasin.
45- topshiriq. Yuqoridagi matnlar asosida quyidagi topshiriqlarni
bajaring:
1. Mahorat, turmush, qondirmoq, yengillashtirmoq,
inson, libos, so‘z, qalb, qadr so‘zlarining ma’nodoshlarini
toping.
2. Matnlardagi fe’l shakllarini o‘zaro
qiyoslang, farqini
tushuntiring.
So‘zni matnning xususiyati, nutqning maqsadiga mu-
vofiq ishlatish, ko‘pchilikka tushunarli bo‘lgan so‘z
shakllarini qo‘llash, so‘z va qo‘shimchalar
hamda gap
tuzilishidan nutq uslubining turiga muvofiq foydalanish
adabiy tilning
uslubiy me’yorlariga tayanadi.
Uslubiy me’yorlarga amal qilishda quyidagilarni
unutmaslik lozim:
– so‘zning asl va ko‘chma ma’nolarini farqlash;
– so‘zning ma’nodoshlik,
shakldoshlik, uyadoshlik,
darajalanish imkoniyatlarini bilish va bulardan o‘rinli
foydalanish;
– so‘z va iboralarni aniq, tushunarli tarzda qo‘llash;
– nutq uslublarining o‘ziga xos xususiyatlarini nazarda
tutish;
– til vositalarining badiiy, ta’sirchan
imkoniyat-
laridan o‘rinli foydalanish;
– so‘zlarning uslubiy farqlanishini hisobga olish.
www.ziyouz.com kutubxonasi
57
33- mashq. Gaplarni o‘qing. Ma’nosi o‘zgargan so‘zni ko‘chirib
yozing, ma’no farqlari va uslubiy vazifasini ko‘rsating.
1. Mollarning narxi pasaysa, ishlab chiqarish pasayadi. —
Samadboy shu qishloq odamlarining mollarini boqib yuribdi.
2. Fuqaro o‘z ixtiyoriga ko‘ra qonun doirasida o‘ziga ma’qul
ish bilan shug‘ullanadi. — Ikkita doira chizing, ularning ichiga
zid ma’noli so‘zlarni yozib chiqing. 3.
Eshitgan quloq nima
deydi? — Quloq pardalari ehtiyotli muolajani talab etadi.
4. Yurak faoliyati insonning asab tizimiga bevosita bog‘liq-
dir. — Yuragimga yaqin kishilar bilan ochiq gaplashib oldim.
5. Ma’lum bo‘ldiki, yangi dastgohlar korxona hisob-kitobida
qayd etilmagan. – Ular qachonlardir o‘z «ega»sini topib
ketganini xodimlar yaxshi bilishadi.
Dostları ilə paylaş: