Davlat uzb p65



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/124
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#40493
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   124
o1sxqvVxxOZJF33atSYulmTRkg87qXDyAlhHSHgi

46- topshiriq. She’rni o‘qing, ajratilgan so‘z va birikmalarning ma’-
nosini izohlang.
Men kimnidir kutgayman, mahzun
Shilliqqurtday to‘lg‘anar ariq,
Suyanaman badburush tolga.
Osmon yuzi shundayin sariq,
Sovuqlikni qaylardan olgan?
Kular-da va qalqib borar oy.
U hayosiz shundoq yalang‘och.
Kimni aldab balqib borar oy —
Òevarakda kecha qorasoch.
Òugab borar tun yanglig‘ toqat,
Saharlarga bergayman hisob.
Qayga ketdiqayga muhabbat,
Yuragimda muqaddas azob.
Rauf Parfi
Savol va topshiriqlar
1. Qo‘shimchalar imlosiga oid qoidalarni sharhlang.
2. Qanday so‘zlar chiziqcha bilan yoziladi?
3. Kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri qo‘llashga oid misollar keltiring.
4. So‘z qo‘llashda nimalarga e’tibor berish kerak?
5. So‘zlarning uslubiy farqlanishini misollar bilan izohlang.
www.ziyouz.com kutubxonasi


58
NUTQNING  USLUBIY  SHAKLLARI
♦ Nutq va notiqlik
♦ Nutq uslublari
♦ Rasmiy-idoraviy nutq uslubi
47- topshiriq. Matn parchalarini o‘qib, ularning qaysi nutq us-
lubiga xosligini aniqlang. Har bir matnning uslubiy o‘ziga xos-
ligini asoslab bering.
I. 7- modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda
o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normala-
riga rioya etiladi.
Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini
ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-
texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga
ta’minlaydi.
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhoka-
masidan keyin va Oliy Majlis tegishli qo‘mitasining roziligi
bilan o‘zbek tiliga joriy etiladi.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi
Qonunidan.
II. Notiqlik qadimgi Sharqda juda katta ijtimoiy-siyosiy
mavqega ega bo‘lib, umumdavlat ahamiyatiga molik ish
hisoblangan. U bir necha turga ajratilgan:
1. Ilmiy-siyosiy ma’ruza.
2. Bahs-munozarali nutq.
3. Targ‘ib va tashviq qilish ruhidagi nutq.
4. Marsiya nutqi.
5. Tabrik nutqi va boshqalar.
Notiqlik san’ati qadimda voizlik san’ati deb yuritilgan. «Qomusi
usmoniy» nomli lug‘atda «Va’z – kishilarning qalbini yumshatadi-
www.ziyouz.com kutubxonasi


59
gan pand-nasihatdir», deya ta’riflanadi. Haqiqatan ham, voiz
har bir so‘zga chiqishda ma’lum bir g‘oyani ilgari surishni
maqsad qilib oladi.
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsa-
dida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli
sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeo-
logik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan
foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra,
nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin