63
Bundan tashqari davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlashni
takomillashtirish uchun olib borilgan tadqiqotimizda, xorijiy davlatlar qonunchiligi,
amalga oshirgan ishlari, ushbu sohani takomilashtirish uchun joriy qilgan yangicha
yondashuvlarni va olimlarning ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy tadqiqotlari, yozgan
ilmiy qo‘lyozmalari va o‘quv adabiyotlarini o‘rganib chiqdik.
Jumladan,ushbu
tadqiqotimiz davomida o‘rganilgan Koreya Respublikasi, Buyuk Britaniya,
Germaniya Federativ Respublikasi va AQSh kabi davlatlarning tajribasini o‘rganib
chiqish davomida, ushbu davlatlarning Open Government Partnerships tashkilotiga
a’zo
davlatlar ekanligi, ushbu davlatlarning tadqiqotimiz mavzusi hisoblangan
davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash masalasida bir yoki ikki yil
uchun mo‘ljallangan “Milliy Rejasi”ni ishlab chiqishi va belgilangan yil yakunlari
bo‘yicha hisobot maqolasi chop etishi, agarda “Milliy Reja”
da belgilangan
vazifalarni bajara olmasa yuqoridagi tashkilot tomonidan ogohlantirish xati olishi,
bu bilan tashqi siyosatdagi o‘rniga zarar еtishi mmumkinligi haqida ma’lumotlarga
ega bo‘ldik.
Koreya Respublikasi tomonidan “Aqlli Hukumat” (Smart Government)
dasturi, zamonaviy texnologiyalar orqali fuqaro bilan muloqot qilishni hamda
jamoatchilik fikrini inobatga olib qonunlar ishlab chiqishni hayotga tadbiq etishi
orqali bugungi kundagi rivojlangan Koreya davlatini shakllantirdi.
Bundan tashqari Germaniya Federativ Respublikasining
ushbu sohani
takomillashtirish borasidagi amalga oshirgan ishlarini tahlil qilib chiqdik. Tahlil
qilish davomida shuni guvohi bo‘ldikki, Germaniyada jamoatchilik nazorati ancha
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ekan.
Xuddi Germaniya singari Buyuk Britaniyada ham jamoatchilik nazorati va
qabul qilingan qonunlarning ijrosini ta’minlash ancha yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ekan.
Davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlashni takomillashtirish borasida
ushbu davlatlar olib borgan ishlari va amaliyotga tadbiq etgan yangiliklaridan milliy
qonunchiligimizda va hayotimizga еtarli darajada o‘zlashtirsak bo‘lar ekan.
64
Ochiq hukumat dasturining ijodkori hisoblanadigan AQSh davlatining ushbu
sohani takomillashtirishga joriy qilgan tajribasini o‘rganish davomida,
biz davlat
organlarining hisobdorligi, faoliyatini shaffof tarzda olib borishi va jamiyat rivoji
uchun qabul qilinayotgan qonunlar jamoatchilik fikrini inobatga olib qabul qilinish
haqidagi maa’lumotlarga ega bo‘ldik.
Shuningdek, amaldagi qonunchilikda uchraydigan kamchiliklarni tahlil qilib
chiqish natijasida ularga еchim bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli xil taklif va tavsiyalar
berib o‘tdik.
Davlat organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik
hujjatlarining rivojlanishi quyidagi to‘rtta bosqichga bo‘lib tahlil qilib berildi:
Dostları ilə paylaş: