53
5. Yuqoridagi hujjatlarga kiritilgan har bir o‘zgartirish, qo‘shimcha,
shuningdek, bekor qilingan har bir hujjat haqidagi ma’lumotlar
46
.
Shuningdek ushbu qonunda oshkor etilishi va jamoatchilikka taqdim
qilinishi mumkin bo‘lmagan ma’lumotlar ham alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Bular:
1. Milliy, mudofaaviy va tashqi siyosiy manfaatlar yuzasidan sir saqlanishi
belgilangan hujjatlar;
2. Faqatgina idora va tashkilot xodimlarining ichki faoliyati va amaliyotiga
oid hujjatlar;
3. Federal qonunlarga muvofiq oshkor etilishi va taqdim qilinishi mumkin
bo‘lgan axborot haqidagi qoidalarga maxsus istisno
sifatida kiritilgan turdagi
hujjatlar;
4. Tijorat sirlari, jumladan himoyalangan imtiyozlar va maxfiy tijorat yoki
moliyaviy ma’lumotlar;
5. Idoralararo memorandumlar yoki davlat organlari, sud munozarasiga olib
boruvchi yuqorida qayd etilgan davlat tashkilotlaridan tashqari xizmat yozishmalari;
6. Oshkor etilishi shaxsiy hayotga aralashishga sabab bo‘ladigan hujjatlar,
jumladan, shaxsning sog‘ligiga oid ma’lumotlari, sog‘liqqa oid arxiv ma’lumotlari
va tibbiy varaqalar;
7. Huquqiy majburiyat maqsadida olingan axborotni o‘z
ichiga olgan
hujjatlar;
8. Moliyaviy muassasalar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish
vakolatiga ega davlat organi yoki tashkilotning bank va moliyaviy muassasalarni
tekshirish va ularning faoliyatiga
oid hujjatlari;
9. Geologik yoki geofizik izlanishlar, shuningdek shaxtalar, foydali qazilma
konlari joylashgan joylarning xaritalari bilan bog‘liq axborot va materiallar
47
.
46
:
https://www.justice.gov/oip/freedom-information-act-5-usc-552
)
47
https://www.justice.gov/oip/freedom-information-act-5-usc-552
)
54
Agarda fuqaro foyda olish maqsadida murojaat etayotgan bo‘lsa, murojaatni
ko‘rib chiqqanlik uchun yagona davlat boji undirilishi haqida yuqoridagi qonunda
belgilab o‘tilgan
Bunga qo‘shimcha tariqasida, 2009-yil 21-yanvarda “Ochiqlik va ochiq
hukumat to‘g‘risida”gi Memorandumning imzolanishi
ham AQShda davlat
organlarining ochiqligi va axborot olish huquqini yana bir bor kafolatlab berdi.
Ushbu Memorandumning tashabbuskori bevosita AQShning o‘sha vaqtdagi
Prezidenti Barak Obama edi. Prezident Barak Obama quyidagi 3 ta vazifani
hukumatning oldiga majburiyat va vazifa qilib berdi.
Dostları ilə paylaş: