[OKOZ: 1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati;
4.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ: 1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI YANADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA LexUZ sharhi Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan. Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 10-noyabrdagi Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hamda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturi Konsepsiyasi va uni amalga oshirishga doir tadbirlar 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.
* 2-ilova berilmaydi.
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, respublika budjeti va mahalliy budjetlar, sport federatsiyalari, klublari, jamiyatlari, homiylar, xorijiy investorlar mablag‘lari, shuningdek sport tashkilotlari tomonidan aholiga pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalari hisoblanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Kamolot”, “Sog‘lom avlod uchun”, “Mahalla” jamg‘armalari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar;
har bir tumanda qishloq sport-sog‘lomlashtirish klublari tashkil etsinlar, ularning faoliyatiga sportning ommaviy, milliy turlarini va xalq o‘yinlarini keng joriy qilsinlar;
aholining barcha qatlamlarini jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va ommaviy-sport ishlariga keng jalb etishga yo‘naltirilgan muntazam ommaviy-sport musobaqalarini tashkil qilish va o‘tkazish tizimini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;
mamlakat hududidagi barcha mavjud sport inshootlarini, ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xatlovdan o‘tkazsinlar, shuningdek, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda, ommaviy musobaqalarni muntazam o‘tkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi maxsus testlarni ishlab chiqsinlar va joriy qilsinlar. Mazkur testlarni muvaffaqiyatli topshirganlar uchun uch darajali “Alpomish” va “Barchinoy” nishonlarini ta’sis etsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda, sport-sog‘lomlashtirish klublari to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Belgilab qo‘yilsinki, sport-sog‘lomlashtirish klublari, jamoat tashkilotlari sifatida, o‘z faoliyatini muassislarning ulushli mablag‘lari, a’zolik badallari, homiylar mablag‘lari va qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiradilar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
bir oy muddatda Adliya vazirligi bilan birgalikda “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini;
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda poytaxtda Respublika boksni rivojlantirish markazini tashkil qilish bo‘yicha ikki oy muddatda;
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Toshkent otchopari negizida Respublika milliy sport turlarini rivojlantirish markazini tashkil qilish bo‘yicha ikki oy muddatda;
umumxalq “Sport bayrami”ni ta’sis etish to‘g‘risida o‘n kun muddatda takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang. 5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda har yili ishlab chiqiladigan investitsiya dasturlarida Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishga mablag‘lar limitlarini nazarda tutsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda) 6. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, boshqa ommaviy axborot vositalari jismoniy tarbiya va sportni, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishni, o‘quv yurtlari va mehnat jamoalarining sport klublari, sport maktablari, mutaxassislar va murabbiylar faoliyatini yoritishni ta’minlasinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.