Davlat xaridlari jarayoniga doir umumiy talablar



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə11/12
tarix30.09.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#150938
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
DAVLAT XARIDLARI JARAYONIGA DOIR UMUMIY TALABLAR

Mutanosiblik prinsipi

  • Mutanosiblik prinsipi
  • Davlat xaridlarida mutanosiblik:
  • davlat xaridlarini amalga oshirish usulining tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavf-xatariga, qiymatiga, xususiyatiga va murakkabligiga;
  • talablarning xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari malakasiga oid ma’lumotlarga, takliflarni baholash mezonlari va usullarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga);
  • davlat xaridlari subyektlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi ularning o‘z vazifalariga mosligi bilan ta’minlanadi.

Davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi prinsipi

  • Davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi prinsipi
  • Davlat xaridlari maqsadlar, prinsiplar va yondashuvlarning yagonaligiga, davlat xaridlari jarayoni barcha bosqichlarining yaxlitligi va o‘zaro aloqadorligiga hamda davlat xaridlari barcha subyektlarining hamkorligiga asoslanadi.
  • Davlat xaridlarining yagonaligi va yaxlitligi:
  • davlat xaridlarini tartibga soluvchi yagona va yaxlit normativ-huquqiy baza hamda uni bir xilda qo‘llash;
  • davlat xaridlarining davlat xaridlari to‘g‘risidagi barcha axborotni to‘plash, unga ishlov berish va uni tahlil qilishni hamda barcha manfaatdor shaxslarga undan foydalanishni ta’minlaydigan yagona, yaxlit va kompleks axborot tizimi mavjudligi;
  • davlat xaridlariga oid hujjatlarni birxillashtirish;
  • xalqaro standartlarga uyg‘un tarzda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) standartlashtirilgan yagona milliy klassifikatorini joriy etish;
  • davlat xaridlarini rejalashtirish va amalga oshirishni, davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzish va ijro etishni, monitoringni va nazoratni amalga oshirishni, nizolar hamda kelishmovchiliklar ustidan shikoyat qilish va ularni ko‘rib chiqishni, davlat xaridlari subyektlarining kasbiy mahorati darajasi va mas’uliyati oshirilishining tashkil etilishini ta’minlovchi yagona infratuzilmaning mavjudligi bilan ta’minlanadi.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin