Davlat xizmatlari asoslari fanidan mustaqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI



Yüklə 33,92 Kb.
səhifə2/5
tarix01.12.2023
ölçüsü33,92 Kb.
#170658
1   2   3   4   5
Davlat xizmatlari

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 2-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2022-yil 28-mayda ma’qullangan.
Mazkur qonunning qabul qilinishi “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish uchun mustahkam huquqiy poydevor bo‘ladi. O‘zi aslida bu qonunga qanday ehtiyoj bor edi? Xorijiy mamlakatlar tajribasi, davlat xizmati toʼgʼrisidagi qonunlarida xizmatchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, davlat xizmatchilari faoliyatini baholash, davlat xizmatida o‘sish, boshqa davlat lavozimiga o‘tish, mehnatiga haq to‘lash, davlat fuqarolik xizmatchilarining ish vaqti va mehnat taʼtillari keng tartibga solinganini ko‘rishimiz mumkin.1
Ushbu Qonunning maqsadi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunning 19-moddasida Manfaatlar to‘qnashuvi normasi aks ettirilgan. Ushbu normada, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zining rahbariga yoki yuqori turuvchi davlat organiga darhol yozma shaklda xabar qilishi kerakligi o‘z navbatida manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida maʼlumotlarni olgan davlat organining rahbari ushbu to‘qnashuvni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishi shartligi belgilab qo‘yildi.
Qonunda Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari, majburiyatlari bilan birgalikda uning javobgarligi ham alohida normada aks ettirilgan. 14-moddaga asosan, Davlat fuqarolik xizmatchisining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) tufayli jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni davlat organi tomonidan qoplanishi va ushbu zarar keyinchalik aybdor bo‘lgan davlat fuqarolik xizmatchisidan undirib olinishi ko‘rsatilgan.
Qonunda Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bir qator cheklovlarning ham kiritilganligini ko‘rish mumkin. Jumladan, yaqin qarindoshlikda bevosita bo‘ysunuv ostidagi lavozimni egallashga, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, o‘z xizmat vakolatlarini bajarish yoki bajarmaslik evaziga fuqarolardan biron-bir mukofot yoki sovg‘alar olishga, chet davlat fuqaroligini olishga, O‘zbekistondan tashqarida hisob varaqlar ochishga, shuningdek, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilishda cheklovlar o‘rnatilgan.
Chunki qonun davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi, lavozimlar toifalari va malaka darajalarini, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, o‘tash va tugatish jarayonlarining yagona tartibotini, kadrlarning kasbiy-maʼnaviy fazilatlari va alohida xizmatlarning obyektiv hamda adolatli baholash asosida xizmat pog‘onalari bo‘yicha o‘sish kafolatlarini, umuman, yagona davlat fuqarolik xizmatining tashkiliy-huquqiy mexanizmini tartibga solishni nazarda tutadi.
Sir emas, bugun davlatni barqarorlashtirish bilan birga jamiyatni faollashtirish, davlat xizmatchisining jamiyatga ijobiy munosabatini shakllantirish, xalqqa xizmat qilish, odamlar roziligini olish, halollik, adolatni mustahkam o‘rnatish borasidagi zamonaviy yondashuvga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj kuchaydi. “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi Prezidentimiz ilgari surayotgan xalqparvar siyosatning yana bir amaliy tasdig‘i bo‘ldi.2
Yurtimizda soʼnggi yillarda xalq manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining amaliy natijasini bermoqda. Davlat organlari “Inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida yangicha va xalqchil tizimda ishlashni boshladi. Davlat boshqaruvi va davlat xizmatchilari oddiy odamlarga yaqinlashdi. Xalqni eshitish, muammolarni tezkor hal qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tizimni mustahkamlash uchun esa muhim huquqiy asos qabul qilinishi kerak edi. Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lgan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun bu boradagi muhim dasturilamal hujjat bo‘lgani shubhasiz.
Qonunning “Davlat fuqarolik xizmati sohasida davlat boshqaruvi”, “Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi”, “Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish” kabi boblarida davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari, majburiyatlari, odob-axloq qoidalari kabi tushunchalari aks etgan. Hujjat O‘zbekistonda ijro hokimiyati funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bog‘liq barcha munosabatlarni yagona qoidalar asosida tartibga soladi. Jumladan, Qonunning 5-moddasi “Davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplari” deb nomlanib, unda davlat fuqarolik xizmati tizimining yagonaligi va barqarorligi, qonuniylik, adolatlilik, xalqqa xizmat qilish, davlat organlarining va mansabdor shaxslarning jamiyat hamda fuqarolar oldida masʼulligi kabi bandlar belgilangan.
Qonunga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatini o‘tashda mazkur qonun bilan tartibga solinmagan munosabatlarga Mehnat kodeksi qo‘llaniladi.
Qabul qilingan Qonun aynan ushbu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etishda, davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat siyosati yagonaligini taʼminlashda ayni muddao bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 10 ta bob va 64 ta moddadan iborat Qonun Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi, davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlar, Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish, Davlat fuqarolik xizmatiga kirish tartibi va shartlari, Davlat fuqarolik xizmatchilarini huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish kabi normalarni o‘z ichiga olgan.3

Yüklə 33,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin