Davlat xizmatlari asoslari fanidan mustaqil ish


Davlat fuqarolik xizmati sohasida davlat boshqaruvi



Yüklə 33,92 Kb.
səhifə3/5
tarix01.12.2023
ölçüsü33,92 Kb.
#170658
1   2   3   4   5
Davlat xizmatlari

Davlat fuqarolik xizmati sohasida davlat boshqaruvi
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti:
-davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
-davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining va boshqa davlat boshqaruvi organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
-davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilishini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydi hamda ularni tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8-modda. Maxsus vakolatli davlat organining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Maxsus vakolatli davlat organi:
-davlat fuqarolik xizmati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
-davlat organlarining kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarining monitoringi hamda tahlilini amalga oshiradi, shuningdek mazkur sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
9-modda. Davlat organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi vakolatlari
Davlat organlari:
-davlat organlarida davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlaydi;
-kadrlarni saralash va tanlash, davlat fuqarolik xizmatchilariga davlat fuqarolik xizmati lavozimlari malaka darajalari berish hamda xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning faoliyatini tashkil etadi;
-davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat majburiyatlarining bajarilishini va davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
-davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlashni, ularning malakasi oshirilishini va ta’lim olishini muntazam ravishda tashkil etadi.
Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan vakolatlarni amalga oshirish maqsadida davlat organlarida kadrlar bo‘linmalari faoliyat yuritadi.4


Yüklə 33,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin