Davlatimizni yosh avlodni tarbiyalash sog'lig'ini himoya qilish yo'lida olib borayotgan ishlari



Yüklə 18 Kb.
tarix28.09.2023
ölçüsü18 Kb.
#150020
18432-Davlatimizni yosh avlodni tarbiyalash sog\'lig\'ini himoy


Davlatimizni yosh avlodni tarbiyalash sog'lig'ini himoya qilish yo'lida olib borayotgan ishlari

Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol qilib tarbiyalash borasida keng ko‘lamli sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar o‘zining ijobiy samaralarini berayapti. Mamlakatimizda inson va uning sihat-salomatligi haqida g’amxo’rlik qilish davlat siyosatining ustivor


vazifasiga aylanib qolgan songgi yillarda aholi orasida sog’lom turmush tarzining hayotiy falsafasini
shakllantirishga intilish bir oz bo’lsada jonlandi.
Hozirgi kunda sog’lom turmush tarzi masalasi davlatimiz siyosati darajasida o’z yechimiga ega bo’lib
bormoqda. Barkamol avlod tarbiyasi uchun intilish yo’lida tashkil etilayotgan qator sport musobaqalari,
qurilayotgan sport inshootlari, olib borilayotgan ma’naviy, ma’rifiy tadbirlar, turli sog’lomlashtirish
dasturining bajarilayotgani fikrimizning yorqi ifodasidir.
Har tomonlama barkamol shaxsni – sog’lom avlodni voyaga yetkazish mamlakatimizda huquqiy davlati
va fuqarolik jamiyatini barpo etish nuqtai nazaridan eng zaruriy negiz hisoblanadi. Haqiqatan, barkamol
shaxsgina taraqqiy etgan demokratik davlatning haqiqiy faol fuqarosi bo’la oladi. Bu haqda yurtboshimiz: “
Sog’lom avlod haqida gapirganda men, avvalo, nafaqat jismoniy shu bilan birga ruxan, fikri sog’lom, qat’iy
irodali, yuksak ta’lim olgan, ma’naviy barkamol, jasur va fidokor o’z vatanini jonidan sevadigan insonlarni
ko’zda tutaman”,- deb ta’kidlagan edilar.
2014-yilni mamlakatimizda «Sog'lom bola yili» deb e'lon qilinishi barcha yurtdoshlarimiz tomonidanmamnuniyat bilan kutib olindi. Binobarin, davlat rahbarimiznig bunday oqilona qarorga kelishi mustahkam
asoslarga ega. Boisi, mustaqillikning dastlabki yillaridan yurtimizda «sog'lom ona — sog'lom bola» masalasi
davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. Farzandlarimizning hech kimdan kam bo'lmay ta'lim-tarbiya
olishlari, o'z bilim va iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Natijada
bugungi yosh avlod o'zining intellektual va jismoniy salohiyatlarini ishga solgan holda nufuzli
olimpiadalarda, musobaqa va tanlovlarda zafar qozonib, yuksak marralarni qo'lga kiritmoqda.
“Sog’lom bola yili” dasturi keng qamrovli dasturlardan biri hisoblanadi. Chunki bu masalada nafaqat bola
salomatligi balki uning tarbiyasi, bilim saviyasi, madaniyatini va ma’naviyatini oshirish, dunyo qarashini
kengaytirish, jamiyatda o’z o’rnini topishiga ko’maklashish, bandligini ta’minlash, bo’sh vaqtlarini foydali
va samarali ishlarga jalb qilish, qadriyatlarimizni singdirish, bundan tashqari, ona salomatligiga yanada
e’tiborni kuchaytirish hamda oilada sog’lom muhitni yaratish va buning uchun shart-sharoitlar ko’lamini
kengaytirish masalalarini qamrab olgan. Davlatimiz mustaqillikka erishgan yillardan boshlab ishlab
chiqilgan bu dasturlar orqali xalqimizning eng azaliy ezgu niyatlaridan biri - jismonan sog’lom va ma’nan
yetuk barkamol avlodni tarbiyalash, ularning baxt-saodatini, yorug’ kelajagini ko’rish kabi istaklarini
ro’yobga chiqarishga bel bog’lagan. Hozirgi kunga kelib esa bu dasturlarning yuksak samarasini xis
qilmoqdamiz.
Albatta, sog‘lom bolani tarbiyalashda aholining tibbiy madaniyati ham muhim o‘rin tutadi, bu masala
hanuz dolzarbligicha qolmoqda. “Sog‘lom bola yili” davlat dasturida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar, avvalo
shu muhim masalalarni hal qilishga qaratilgan. Joriy yilda davlat dasturini amalga oshirish jarayonida bu
ishlarning barchasi yanada yuqori darajaga ko‘tariladi. Dasturda avvalo ham jismoniy, ham ma’naviy
jihatdan sog‘lom, mustaqil fikrlay oladigan, mamlakat taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga
olishga qodir barkamol avlodni shakllantirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini ana shu
maqsadlarga safarbar etishga doir keng miqyosli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Dastur yetti bo‘lim va 125 banddan iborat bo‘lib, unda bolalar tug‘ilishi, ta’lim-tarbiyasi, oilada sog‘lom
muhitni, uning iqtisodiy va ma’naviy-ahloqiy asoslarini mustahkamlash, ijtimoiy soha rivojiga ajratilayotgan
mablag‘lar samaradorligini oshirish bilan bog‘liq barcha masalalar aks etgan. Birinchi navbatda, sog‘lom va
barkamol avlodni tarbiyalash uchun qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va
me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, yangi qoida va me’yorlarni ishlab chiqish bo‘yicha
chora-tadbirlar belgilangan. Sakkizta qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. “Bolalarni jismoniy va
ma’naviy rivojiga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”, “Aholining sanitariyaepidemiologik
barqarorligi to‘g‘risida”, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”, yangi tahrirdagi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”,
“O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to‘g‘risi”dagi va boshqa qonunlar shular
jumlasidandir. Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarga 4 509,2 milliard so‘m va 302,9
million dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi. Mazkur dasturning bajarilishi mamlakatimiz uchun asosiy
maqsadi inson huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yo‘lida navbatdagi
muhim qadam bo‘ladi.
Mamlakatimizda prezidentimiz rahnamoligida istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab aholi salomatligini
mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarib kelinmoqda.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan e’lon qilingan "Oila yili", "Ayollar yili", "Sog’lom avlod yili", "Ona
va bola yili", "Sihat-salomatlik yili", "Yoshlar yili", "Barkamol avlod yili", "Mustahkam oila yili"
munosabati bilan qabul qilingan davlat Dasturlari o’zaro uzviylik kasb etdi. Bu olijanob maqsad yo’lida
qilingan ulkan ishlar bolalarimizning sog’lom tug’ilishi va ulg’ayishi, onalik va bolalikni muhofaza qilish,
ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, qolaversa, bolalar sportini rivojlantirishga
qaratilgan keng ko’lamli islohotlardir. Yangi 2014-yilning "Sog’lom bola yili" deb atalishi esa sog’lom ona –
sog’lom bola umummilliy dasturlarimiz doirasida amalga oshirilishi lozim bo’ladigan yana bir qadam deyish
mumkin.
Xulosa qilib aytganda , “Sog’lom bola yili” davlat dasturiga kiritilgan vazifalar xar tomonlama
xalqimizning turmush tarzini yaxshilash, salomatligini mustahkamlash, ijtomoiy tomondan qo’llabquvvatlash
, bandligini ta’minlash, tinch va osuda hayotini muxofaza qilish va shu kabi yana bir qancha
masalalarni hal qilishga qaratilgan. Yurtimiz qudrati, jamiyat ravnaqi kelajagimiz egalari bo‘lgan bolalarning
ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan sog‘lomligiga bog‘liqdir. Bu tashabbus mamlakatimiz ahli tomonidan
iliq kutib olinganligining sababi ham shundan. «Sog‘lom bola yili» davlat dasturi mamlakatimizda ona va
bola skriningi, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va
ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini
oshirishga oid chora-tadbirlarning uzviy davomi sifatida samarali bo‘lishiga to‘liq asos bor. Bundayhayotbaxsh islohotlarni amalga oshirishda esa, shubhasiz, yetuk kadrlar salohiyati muhim ahamiyat kasbetadi.Bir so’z bilan aytganda sog’lom bola yilining asosiy maqsad va vazifalari haqida gap borar ekan, “Farzandlari sog’lom yurt qudratili bo’lur, qudratli elning farzandlari sog’lom bo’lur” degan xikmatli iboragaalohida e’tibor qaratilgani bejis emas.
Joriy yilning «Sog'lom bola yili» deb e'lon qilinishi har tomonlama sog'lom avlodni voyaga yetkazish
borasida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarimizni izchil davom ettirgan holda, ularni yanada yuqoribosqichga ko'tarishdek ezgu maqsadga xizmat qilishi shubhasiz.


Adabiyotlar ro’yxati:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1992-yil 8-dekabr.
2. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, 1996-yil 29-avgust.
3. “Fuqarolarni sog’lig’ini saqlash to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Qonuni 1996- yil 29-avgust.
4. “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.
5. Karimov I. A. “ Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz”
6. Karimov I. A. “Biz kelajagimizni o'z qo'limiz bilan quramiz”
7. Karimov I. A. “Inson, uning huquq va erkinliklari — oliy qadriyat”
Yüklə 18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin