273
chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish
tarmoqlari va faoliyat turlari, ijtimoiy
mo’ljallanganligi bo’yicha va ma’lum maqsadlariga ko’ra alohida guruhlarga
ajratilishi mumkin.
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat byudjetining xara-jatlari kapital va joriy
xarajatlarga bo’linadi.
Davlat byudjetiningkapital xarajatlari innovatsion va investitsion faoliyatga
yo’naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:
a)
tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq
harakatdagi yoki yangidan
tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan
xarajatlar;
b)
yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun davlat byudjeti kreditlari
sifatida beriladigan mablag’lar;
c)
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan kapital
ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog’liq bo’lgan boshqa
xarajatlar;
d)
amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo’lgan mulk miqdorini oshirish
yoki uni yangidan yaratishga
olib keladigan xarajatlar;
e)
davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga muvofiq davlat
byudjetiningkapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan boshqa xarajatlar.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot byudjeti
shakllantirilishi mumkin.
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’zini o’zi boshqarish idoralari, davlat
byudjeti tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo’naltirilgan davlat
byudjeti xara-jatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyotning
alohida tarmoqlariga
dotatsiya, subsidiya va subventsiya shaklida ko’rsatiladigan, davlat tomonidan
qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar va davlat byudjeti xarajatlarining
turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa
xarajatlar
Dostları ilə paylaş: