299
byudjetdan tashqari jamg’armalarini
tashkil etish, muqaddam bizning
tajribamizda ma’lum bo’lmagan, ammo ishlab chiqarishning rivojlanishi, xizmat
ko’rsatish ko’lamining kengayishi va moliyaviy siyosatning o’zgarishi
natijasida
paydo bo’ladigan muammolarni maqsadli va manzilli bartaraf etish maqsadida
amalga oshiriladi. Shunday vaziyat shakllanganda
hukumat davlat byudjetdan
tashqari jamg’armasini tashkil etish uchun maxsus qaror qabul qiladi. Bizda ham
yuqorida qayd etilgan vaziyatga o’xshash holat vujudga kelishi va mamlakatning
ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tishi
munosabati bilan 2004-2009-moliya yillarini o’zida qamrab olgan davlatning
byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg’armasi tashkil etilgan edi.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armasi
har qanday maqsadli
xususiyatga ega bo’lib, odatda uning nomida qanday maqsad uchun tashkil
etilayotganligi aks etadi. Masalan, Pensiya jamg’armasi, Respublika yo’l
jamg’armasi, Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi va h.k.
Moliya tizimining boshqa bo’g’inlari kabi Davlatning
byudjetdan tashqari
jamg’armalarini tashkil etishning moddiy manbalari milliy daromad hisoblanadi.
Bunday jamg’armalarning aksariyat qismi milliy daromadni taqsimlash va qayta
taqsimlash jarayonida vujudga keladi.
Amaliyotda milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni orqali Davlatning
byudjetdan tashqari jamg’armalari daromadini shakllantirishning
asosiy usullari
bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1.
Maxsus soliqlar, yig’imlar va ajratmalar;
2.
Davlat byudjeti mablag’lari va zayomlar.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari
daromadlarini tashkil
etishning asosiy usuli maxsus soliqlar, yig’imlar va ajratmalar hisoblanadi. Ushbu
manbalalar hisobidan jamg’armalar daromadlarining 80-90% va hatto 100% ham
shakllanishi mumkin.
Davlat byudjeti hisobidan shakllanayotgan mablag’lar amaliyotda qaytarib
bermaslik sharti bilan dotatsiya va subventsiya ko’rinishida (davlat byudjetidan
transfertlar shaklida) beriladi. Ayrim hollarda fond daromadlariga turli muddat va
qiymatda (foizli, foizsiz) bo’lgan zayomlar ham jalb qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: