Davlatiy moliya


ma’lum bir tizimga keltirilgan va o’rnatilgan tartibda kod



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

ma’lum bir tizimga keltirilgan va o’rnatilgan tartibda kod 
(shifr)lashtirilgan davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining bir xil 
belgilari bo’yicha ilmiy asoslangan iqtisodiy guruhlanishi davlat byudjeti 
tasnifi (klassifiktsiyasi) deyiladi. 
Odatda, davlat byudjeti klassifikatsiyasining asosida daromadlar bo’yicha 
ularning manbalari, xarajatlar bo’yicha esa mablag’larning maqsadli sarflanish 
yo’nalishlari yotadi. 
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi o’zining keng yo’nalishi bilan ajralib turadi. 
Uning bo’linmalariga qat’iy rioya etgan holda davlat byudjeti rejalashtirilishi 
amalga oshiriladi, davlat byudjeti tashkilotlarining individual va umumiy hamda 
yig’ma tarmoq smetalari tuziladi, mahalliy, respublika va davlat byudjetining ishlab 
chiqilishi amalga oshiriladi. 
Davlat byudjetiningmamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejalari, 
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va ularning yuqori tashkilotlarini moliyaviy 
rejalari bilan bog’liqligini ta’minlashda, bir turdagi davlat byudjeti 
tashkilotlarining xarajatlari va alohida 
ma’muriy-hududiy birliklarning 
byudjetlarini taqqoslashda, ij-timoiy-madaniy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlarning 
qondirilish darajasini aniqlashda davlat byudjeti klassi-fikatsiyasi muhim rol 
o’ynaydi. 
Davlat byudjeti ijrosi jarayonida ham davlat byudjeti klassifikatsiyasi 
(tasnifi) alohida ahamiyatga ega. Tasdiq-langan davlat byudjeti va davlat byudjeti 
tashkilot-larining xarajatlar smetasida ko’zda tuzilgan tadbirlar-ning maqsadli 
moliyalashtirilishini ta’min-lashda u zaruriy shart hisoblanadi. Davlat byudjeti 
klassifi-katsiyasi (tasnifi) moliya organlarida, davlat byudjeti tash-kilotlarida va 
boshqa muassasalarda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining sintetik va 
analitik hisobi yagonaligining asosini tashkil etadi. U O‘zbekiston Respublikasi 
davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash uchun ham zarurdir. 
Davlat byudjeti tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining daromadlari va 
xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruh-
lashdan iborat bo’lib, davlat byudjeti tizimi byudjet-larini shakllantirish, tuzish va 


294 
ijro etishni tizimlash-tirish uchun foydalaniladi. Davlat byudjeti tasnifi xalqaro 
tasnif tizimlariga muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi
76

Davlat byudjeti tasnifining asosiy prinsiplari to’liqlik, yagonalik va o’zaro 
muvofiqlikdan iboratdir
77
.
Davlat byudjeti tasnifining to’liqlik prinsipi dav-lat byudjeti jarayonining 
barcha ishtirokchilari qamrab olinishini nazarda tutadi.
Davlat byudjeti tasnifining yagonalik prinsipi dav-lat byudjeti jarayonining 
barcha ishtirokchilari tomonidan yagona davlat byudjeti tasnifi qo’llanilishini 
anglatadi.
Davlat byudjeti tasnifining o’zaro muvofiqligi prinsipi davlat byudjeti 
tasnifining kodlari bir vaqtning o’zida davlat byudjeti jarayonining turli xil 
operatsiyalarini hisobga olish uchun qo’llanilmasligini anglatadi. 
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi)da belgi-langan daromadlar va 
xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi byudjetni tuzish va ijro etish hamda uning 
resurslaridan foydalanishda moliya-davlat byudjeti intizomiga rioya etilishini 
nazorat qilishga imkon beradi. 
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) tashkiliy ahamiyatga ham egadirki, 
bu uning bo’linmalariga muvofiq ravishda byudjetni tuzish va ijrosini ta’minlash 
borasida katta ishlarning amalga oshirilishi orqali namoyon bo’ladi. Bu yana shu 
narsa orqali ifodalanadiki, davlat byudjeti tasdiqlanganidan so’ng barcha xo’jalik 
yurituvchi sub’yektlar va ularning yuqori organlari davlat byudjeti daromadlari 
tushumining to’liqligini ta’minlashga va tasdiqlangan byudjetdagi klassifika-
tsiyaning bo’linmalariga muvofiq ravishda xarajatlarni amalga oshirishga 
majburdirlar. Demak, davlat byudjeti klassifikatsiyasining tashkiliy ahamiyati 
byudjetni rejalashtirish va uning ijrosini ta’minlashga bir xilda tegishlidir. 
Tasdiqlangan davlat byudjeti qonun kuchiga ega bo’lgan-ligi va uning 
ko’rsatkichlarini barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar aniq va to’liq bajarishga 
majbur bo’lganligi uchun davlat byudjeti klassifikatsiyasi huquqiy ahamiyat ham 
kasb etadi. 
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) o’z ichiga quyidagilarni oladi
78


davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini; 

Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi)ni qoplash manbalari tasnifini o’z 
ichiga oladi. 
76
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 18-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 
77
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 20-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 
78
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 19-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 


295 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi tuzilmasi 
quyidagilardan iborat
79


davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari 
tasnifi; 

daromadlarning turlari; 

tashkiliy tasnif; 

hududiy tasnif. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari 
tasnifi kelib tushayotgan daromadlarning tegishli mablag’lar manbalariga va 
ushbu byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo’llaniladi. 
Daromadlarning turi bo’lim, paragraf va daromad tipidan iboratdir. Daromadlar 
bo’limi daromad-larni ularni olish manbalari bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. 
Daromadlar paragrafi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni, shuningdek soliq 
bo’lmagan to’lovlarni ularni undirish bazasi bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. 
Daromad tipi davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat 
bo’ladi. Tashkiliy tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni 
ma’muriy 
jihatdan 
idora 
qiluvchi 
tegishli 
organga 
mansubligini 
identifikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi. Hududiy tasnif kelib tushayotgan 
daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan yoxud o’tkazib 
berilayotgan tegishli ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini identi-
fikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi davlat byudjeti 
tizimi byudjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo’ladi va ularning yo’nalishini 
aks ettiradi. Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlari tasnifining tuzilmasi 
quyidagilardan iborat
80


davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari 
tasnifi; 

vazifa jihatidan tasnif; 

tashkiliy tasnif; 

iqtisodiy tasnif; 

hududiy tasnif. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari 
tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli mablag’lar manbalari va 
byudjetlar darajalariga mansubligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Xarajatlarning 
vazifa jihatidan tasnifi davlat funksiyalarini bajarish uchun mablag’lar 
yo’nalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir. Xarajatlarning tashkiliy 
79
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 21-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 
80
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 22-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 


296 
tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mablag’larini taqsimlovchilar 
bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi xarajatlarni 
iqtisodiy yo’nalishiga ko’ra kodlashdan iborat bo’ladi. Hududiy tasnif davlat 
byudjeti tashkilotlarining va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning tegishli 
ma’muriy-hududiy birlikka mansubligini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar bo’yicha xarajatlari 
quyidagi xarajatlar guruhlarini o’z ichiga oladi: 
birinchi guruh — ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, 
kompensatsiya to’lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam; 
ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
uchinchi guruh — kapital qo’yilmalar (rivojlanish davlat dasturlarida 
nazarda tutilgan aniq yo’naltirilgan ro’yxatlarga muvofiq); 
to’rtinchi guruh — boshqa xarajatlar.
Xarajatlar guruhlari bo’yicha aniq moddalar davlat byudjeti tasnifiga 
muvofiq belgilanadi. 
Davlat 
byudjeti 
defitsiti 
(taqchilligi)ni 
moliyalashtirish 
manbalari 
klassifikatsiyasi (tasnifi) defitsiti (taqchilligi) ni moliyalashtirishning ichki va 
tashqi manbalari bo’yicha guruhlashdan iborat bo’ladi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin