Davlatiy moliya


-MAVZU: DAVLATNING MAQSADLI JAMG’ARMALARI



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

18-MAVZU: DAVLATNING MAQSADLI JAMG’ARMALARI 
REJA: 
1.
 
Davlatning maqsadli jamg’armalarining ijtimoiy iqtisodiy mohiyati 
va ahamiyati. 
2.
Pensiya jamg’armasi.
3.
 
Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi. 
4.
 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Xususiylashtirilgan. 
korxonalarga 
ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi 
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi. 
5.
 
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi. 
1.
 
Davlatning maqsadli jamg’armalarining ijtimoiy iqtisodiy mohiyati 
va ahamiyati 
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari markaziy va mahalliy davlat 
boshqaruv organlari ixtiyoridagi qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lgan 
moliyaviy mablag’lar yig’indisidir. Ular alohida davlat moliya tizimining 
ajralmas bo’g’ini hisoblanadi. Bu jamg’armalarni moliyaviy mablag’larining 
shakllanishi, taqsimlanishi va resurslardan maqsadli foydalanishi bevosita 
moliyaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan muvofiqlash-tiriladi va tartibga 
solinadi. 


297 
Davlatning 
byudjetdan 
tashqari 
jamg’armalari 
ijtimoiy-iqtisodiy 
xususiyatiga ko’ra, muayyan bir aholi qatlami yoki investitsion dastur 
ehtiyojlarini nazarda tutib, mamlakatda yaratilayotgan milliy daromadni qayta 
taqsimlash orqali tashkil etiladi. Davlat umumjamiyat ahamiyatiga molik bo’lgan 
ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni o’z vaqtida va to’liq amalga oshirish uchun 
jismoniy va yuridik shaxslarda shakllanayotgan moliyaviy resurslarning bir qismini 
byudjetdan tashqari jamg’armalari ixtiyoriga moliyaning taqsimlash funksiyasi 
orqali jalb qiladi. 
Tarixiy ma’lumotlarning darak berishicha, davlatning byudjetdan tashqari 
jamg’armalarining dastlabki shakllari hozirgi davlatchilikning yagona 
markazlashgan fondi hisoblangan davlat byudjetidan avval maxsus fondlar 
ko’rinishida shakllangan. Ma’lumki, davlatning jamiyatni boshqarish sifatida 
faoliyat ko’lami kengaygan sari uning xarajatlarga bo’lgan talabi ham oshib 
boravergan. Ushbu xarajatlarni moliyalashtirish uchun davlat yoxud uning 
vakolatiga ega bo’lgan muayyan organ moliyaviy mablag’larni maxsus fondlarda 
markazlashtirgan va maqsadli obyektlarni moliyalashtirish uchun yo’naltirgan. 
Shuni alohida qayd etish joizki, o’sha paytlar markazlashgan Davlat fondlari davr 
taqozosiga muvofiq, vaqtinchalik xarakteriga ega bo’lgan. Ya’ni davlat zarur 
chora-tadbirlarni amalga oshirib, moliyalashtirishni tugatgandan keyin ushbu 
fondlar faoliyatini davom ettirishga zarurat bo’lmagan. Shu bois, maxsus 
fondlarning miqdori va shakli doimo o’zgarib turgan, ya’ni davr taqozosi va 
muayyan zaruriyatdan kelib chiqib, ehtiyoj qolmaganlari tugatilgan, yangilari 
paydo bo’lgan. Lekin, tarixiy tendentsiya shuni namoyon qilyaptiki, muayyan 
mamlakatda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari va mamlakat 
hududining kengayishi munosabati bilan davlatning byudjetdan tashqari 
jamg’armalarining miqdori ham, hajmi ham o’sish xususiyatiga ega bo’lgan. 
O‘z navbatida, Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari miqdorining 
ortishi (ko’payishi) ma’lum bir qiyinchilik va noqulayliklarni keltirib chiqargan. 
Xususan, jamg’arma qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lgani bois, ayrim 
jamg’armalarda moliyaviy resurslar keragidan ortiq bo’lsa, ayrimlarida 
etishmovchiliklar paydo bo’lgan. Shuningdek, davlat ularni boshqarish va 
muvofiq-lashtirishni moliyalashtirish uchun qo’shimcha moliyaviy resurslarni 
jalb qilishga majbur bo’lgan. Bu, o’z o’rnida, jismoniy va yuridik shaxslarga 
qo’shimcha moliyaviy yuk hisoblanib, ular o’rtasida ma’lum bir noroziliklarning 
paydo bo’lishiga ham olib kelgan. Bunday salbiy holatlarning oldini olish uchun 
markazlashtirilgan davlat shakllanishiga zarurat tug’ilgan.
Markazlashtirilgan davlatning qaror topishi bir qator davlat fondlarini 
uyg’unlashtirib, bir necha muammolarning oldini olish imkoniyatini tug’dirgan. 
Jumladan, bir fondda ortiqcha bo’lgan moliyaviy mablag’larni ikkinchi bir 


298 
fonddagi etishmayotgan moliyaviy mablag’lar o’rniga jalb qilish imkoniyati hosil 
bo’la boshlagan. Davlatning turli xil fondlarining uyg’unlanishi asosida ulkan bir 
markazlashtirilgan fond, ya’ni Davlat byudjetining tashkil etilishiga asos 
solingan. Davlat byudjeti sekin asta har to-monlama mustahkamlanib borib, 
mamlakatning oliy organi uni ko’rib chiqib, tasdiqlagandan keyin qonun kuchiga 
kirib, ijro etish majburiyati sezila boshlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki kunlardan 
boshlab, mamlakatda Davlat byudjetini mustahkamlash bilan birga, Davlatning 
byudjetdan tashqari jamg’armalarini ham tashkil etishga zarurat tug’ildi. Bu 
jamg’armalarni tashkil etishga bir qator omillar ta’sir etadi, albatta. Ularning 
ko’lami keng, lekin asosiylari quyidagilar hisoblanadi: 

iqtisodiyot qisman nobarqaror bo’lgan bir sharoitda, tijorat va 
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, zarur bo’lgan sharoitlarda ularning moliyaviy 
operatsiyalarini rag’batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari o’zgacha 
manbadan shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan yangi ko’rinishdagi Davlat 
fondlarini tashkil etadi; 

davlat byudjetidan xoli bo’lgan Davlatning byudjetdan tashqari 
jamg’armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolar 
ko’lamini qisqartirishga qaratilgan bo’lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga 
molik bo’ladi. Aynan ushbu jamg’armalar qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lib, 
ularning moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat 
tomonidan samarali nazorat qilish imkoniyati tug’iladi; 

davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir sharoitlarda, 
ya’ni daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo’lgan hollarda, ortiqcha 
mablag’lardan Davlat byudjeti defitsitini noinflatsion manbasi sifatida
qisqartiradi 
yoki moliyaviy bozordan foiz va dividend shaklida manba olib, daromadlar hajmini 
yanada kengaytiradi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin