Davlatiy moliya


O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining davlat byudjeti sohasidagi



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining davlat byudjeti sohasidagi 
vakolatlari quyidagilardan iborat:
72
 
72
“O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 26-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 


288 

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek 
soliq va davlat byudjeti siyosa-tining asosiy yo’nalishlari loyihalari bo’yicha 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi; 

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining 
ijrosi to’g’risidagi yillik hisobot bo’yicha tashqi audit va baholashni amalga 
oshiradi hamda ular yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 
xulosa taqdim etadi; 

vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar hamda banklarning davlat byudjeti 
tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini 
boshlang’ich ma’lumotlar bo’yicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot 
tizimlari va resurslariga kirish imkoni-yatiga ega bo’ladi; 

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromad 
qismining ijrosi yuzasidan monitoring o’tkazadi; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan maqsadli foydalanilishi 
ustidan nazoratni amalga oshiradi. 

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qonun hujjatlariga muvofiq 
davlat byudjeti sohasida boshqa vakolat-larni ham amalga oshirishi mumkin. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari 
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining 
davlat byudjeti sohasidagi vakolatlari esa quyidagilardan iboratdir
73


Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini tegishincha 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, 
tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimno-masiga muvofiq ko’rib chiqadi va 
qabul qiladi; 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlari, tumanlar va shahar-lar byudjetlarining tegishli davrdagi 
ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar 
hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko’rib chiqadi va 
tasdiqlaydi; 

mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalarini qonun 
hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi. 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari 
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari qonun 
73
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 27-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 


289 
hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga 
oshirishi mumkin. 
Shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi va joylardagi davlat hokimiyat 
organlari ham davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida bir necha vakolatlarga 
ega. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va mahalliy 
hokimiyat vakillik organlari uchun bu borada quyidagi vako-latlar xosdir
74


tegishli davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish 
jarayonini tashkil etadi hamda muvofiq-lashtirib boradi; 

davlat byudjeti so’rovi olinishiga qarab tegishli byudjetlarning loyihalarini 
tuzish to’g’risida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini 
belgilaydi; 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent 
shahar mahalliy byudjetlari, tuman-lar va shaharlar byudjetlari loyihalarini 
tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, xalq deputatlari 
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko’rib chiqish 
va qabul qilish uchun taqdim etadi; 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari 
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga 
muvofiq Qoraqalpo-g’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlarini tasdiqlaydi; 

Moliya yili mobaynida Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar 
va Toshkent shahar mahalliy byudjet-lari, tumanlar va shaharlar byudjetlari 
parametrlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarni ko’rib chiqadi; 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi 
to’g’risidagi hisobotlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, 
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar 
Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etadi; 

Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlariga 
tushumlar to’liq va o’z vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi; 

davlat byudjeti mablag’larining maqsadli sarfla-nishi ustidan nazoratni 
tashkil etadi; 

Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti-ning, viloyatlar viloyat 
byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar 
74
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 28-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 


290 
byudjetlarining qo’shimcha manbalaridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul 
qiladi; 

qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo’yicha belgilangan 
stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsientlarni kiritish to’g’risida 
hududlarning faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan 
holda qarorlar qabul qiladi. 

Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti-ning, viloyatlar viloyat 
byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar 
byudjetlarining zaxira jamg’armalari mablag’laridan foydalanish to’g’risida 
qarorlar qabul qiladi. 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar, tumanlar va shaharlar hokim-lari qonun hujjatlariga muvofiq davlat 
byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
O‘z navbatida, mamlakat davlat byudjeti tizimini boshqarishda O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi muhim rol o’ynab, u bu sohada quyidagi 
vakolatlarga egadir
75


Davlat byudjeti hamda soliq va davlat byudjeti siyo-satining asosiy 
yo’nalishlari loyihalarini tayyor-laydi; 

davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari loyiha-larini ko’rib chiqadi; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga byud-jetnoma loyihasini 
ko’rib chiqish uchun taqdim etadi; 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona 
qo’mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari prognozini 
har chorakda etkazadi; 

davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarga va davlat maqsadli 
jamg’armalarini taqsimlovchi organ-larga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan 
ajratiladigan mablag’lar hajmlarini etkazadi; 

davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarning xarajatlar smetalari va 
jamlanma xarajatlar smetalari, shtat jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan 
o’zgartirishlarni ro’yxatdan o’tkazadi; 

O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining xara-jatlari yoyilmasiga 
moliya yili mobaynida o’zgarti-rishlar kiritadi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti, 
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va davlat maqsadli 
75
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 29-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 


291 
jamg’armalari byudjet-lari parametrlariga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha 
takliflar taqdim etadi; 

Moliya yili mobaynida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Qoraqalpog’iston Respublikasi 
byud-jeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjet-larining tasdiqlangan 
parametrlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarini ko’rib chiqadi; 

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ularning man-balari kesimida to’liq 
va o’z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mablag’laridan maqsadli 
foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlar, shuningdek davlat 
byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning moliyaviy 
hisobotlari shakllarini va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat byudjeti va davlat 
maqsadli jamg’armalari byudjet-larining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risida 
hisobot taqdim etadi; 

byudjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlarda zaxiralar tashkil etadi; 

Davlat byudjetini ijro etish jarayonida unga tushum-larni ko’paytirish 
bo’yicha qo’shimcha zaxiralarni aniq-laydi;

davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning 
xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi; 

davlat byudjeti ssudalarini beradi; 

davlat tomonidan mablag’lar jalb qilish bo’yicha O‘zbe-kiston 
Respublikasining shartnomalari va davlat kafolatlarini ro’yxatdan o’tkazadi; 

davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlarining kassa ijrosini yuritadi; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlarining Yagona g’azna hisobvarag’idagi va 
boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag’larini boshqaradi; 

davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mab-lag’lari oluvchilarning 
tovarlarni (ishlarni, xizmat-larni) etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartno-
malarini ro’yxatdan o’tkazadi; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlarida mablag’lar nazarda tutilgan yuridik 
yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig’iga ko’ra to’lovlarni amalga 
oshiradi; 


292 

davlat byudjeti tizimi byudjetlari ijrosining davlat byudjeti hisobini 
yuritadi va davlat byudjeti hisobotini qabul qiladi; 

davlat qarzi bo’yicha xizmat ko’rsatadi, O‘zbekiston Respublikasining 
davlat kafolatlarini bajaradi; 

O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami hamda 
texnik ko’maklashish mablag’lari hisobini yuritadi; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlarining 
balansliligiga ta’sir ko’rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni moliyaviy hamda 
iqtisodiy ekspertizadan o’tkazadi; 

o’z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar 
qabul qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq 
davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin