304
– boquvchisini yo’qotganligiga ko’ra.
1995-yil 20-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1289–sonli
Farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmonda 1996-yil 1-yanvardan boshlab,
ishlayotgan, xizmat ko’rsatayotgan va ish bajarayotgan pensionerlar uchun
mo’ljallangan, belgilangan pensiyaning 50% to’lanishi nazarda tutilgan. Shuni
alohida qayd etish joizki, ushbu tartib 2019-moliya yilidan boshlab bekor qilindi.
Endilikda,
ikkinchi
jahon
urushi
qatnashchilari
yoxud
shularga
tenglashtirilganlar, 1-2-guruh nogironlari, Chernobil halokatini bartaraf etishda
ishtirok etgan, shuningdek hukumat qarorlariga ko’ra alohida kasb egalari bo’lgan
(masalan, shifokor-pensionerlar, mudofaa, ichki ishlar, favquloddagi vaziyatlar,
milliy gvardiya, milliy
xavfsizlik, bojxona tizimidagi pensionerlar, umumta’lim
muassasalari va maktabgacha tarbiya muassasalarida faoliyat olib borayotgan
pensionerlar, mahalla oqsoqoli va boshqalar) ishlayotgan pensionerlar kabi
ishlayotgan barcha pensionerlar to’liq 100% miqdorda olinishi belgilandi
81
.
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 14-
yanvardagi 9-son qaroriga asosan Pensiya fondining O‘zbekiston jumhuriyat
bo’limi tashkil etilgan. Ijtimoiy ta’minot tizimida davlat kafolatlarini amalga
oshirish hamda ijtimoiy sug’urta mablag’larining to’g’ri va samarali sarflanishi
ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining
1993-yil 4-avgustdagi 391-son qaroriga muvofiq, sobiq SSSR Pensiya fondining
O‘zbekiston Respublika bo’limi negizida Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi
Ijtimoiy sug’urta jamg’armasi tashkil etilgan. Unga O‘zbekiston kasaba
uyushmalari
federatsiyasi
Kengashi
tizimidan
vaqtincha
mehnatga
qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug’ish bo’yicha, farzand tug’ilganda, dafn
etishga beriladigan nafaqalarni to’lashga yo’naltiriladigan davlat ijtimoiy sug’urta
mablag’lari berilgan. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada
takomillashtirish, pensiya ta’minoti uchun majburiy badallarning to’liq kelib
tushishi xamda davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha pensiya va nafaqalarni
to’lashga xarajatlarni o’z vaqtida moliyaviy ta’minlash uchun ijtimoiy ta’minot
organlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-dekabrdagi 459-son qaroriga asosan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug’urta
jamg’armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot
vazirligi
huzurida Qoraqalpog’iston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi va ijtimoiy
ta’minot mahalliy organlari qoshida tegishli xududiy bo’linmalari va bo’limlari
81
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va
pensionerlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2018-
yil 12-dekabrda qabul qilingan PF-5597-son Farmoni.
305
bo’lgan Pensiya jamg’armasi tashkil etilgan. Pensiya ta’minoti tizimidagi
boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha
majburiy badallar to’liq yig’ilishini ko’paytirish, amaldagi boshqaruv
tuzilmalarini
qisqartirish
hamda
pensiyalar
va
nafaqalar
to’lashga
yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi 444-
son qaroriga muvofiq, 2001-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasi
Ijtimoiy ta’minot vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasi O‘zbekiston
Respublikasining byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga aylantirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
(hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)ga
pensiyalar, shuningdek ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan to’lanadigan
nafaqalarni o’z vaqtida hisoblash va to’lash funksiyalari yuklatilgan. O‘zbekiston
Respublikasi Hukumatining 2004-yil 21-oktyabrdagi 490-son
qaroriga asosan,
2005-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
Pensiya jamg’armasiga aylantirilgan. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti
to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda pensiya
ta’minoti tizimining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar va
ijtimoiy nafaqalarni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan o’z vaqtida
moliyalashtirish hamda ularni to’liq hajmda to’lash, shuningdek, respublika
fuqarolarining pensiya ta’minotiga yo’naltiriladigan mablag’lardan maqsadli
foydalanilishi
ustidan
nazoratni
kuchaytirish
maqsadida,
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son
Farmoniga
muvofiq, 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy
nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlarni tayinlash, moliyalashtirish,
ularning to’lanishini hisobga olish va monitoringini yuritish O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasining tegishli hududiy bo’linmalari tomonidan
amalga oshirilishi
belgilangan.
2005-moliya yili boshlangunga qadar, Byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasi dastlab O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi,
so’ngra vazirlik Mehnat vazirligi bilan umumlashtirilganidan keyin O‘zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (hozirgi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) tasarrufiga
o’tkazildi.
2004-yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
490-sonli “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi boshqaruvini yanada
takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorga muvofiq
306
Pensiya jamg’armasi 2005-yil 1-yanvardan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi maqomini
oldi. Shuningdek, ushbu qaror bilan Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini
boshqaruv kengashi va uning tarkibi ham belgilandi.
Qayd etilgan qarorga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Pensiya jamg’armasini tezkor muvofiqlashtirib turuvchi Ijroiya
direktsiya tasdiqlangan.
Dostları ilə paylaş: