302
1)
respublika tasarrufida bo’lgan jamg’armalardan va
2)
mahalliy hokimiyat ixtiyori va boshqaruvida bo’lgan jamg’armadan
tashkil topadi.
Bundan tashqari dunyoning juda ko’p davlatlarida idoralar, vazirliklar va
yirik xo’jalik yurituvchi subyektlar ixtiyorida ham ko’plab jamg’armalar tashkil
etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini tashkil
etish va ularni davr
talabidan kelib chiqqan holda davrga moslashtirish chora-tadbirlari amalga
oshirilib kelinmoqda. 2002-moliya yiliga qadar Bunday jamg’armalarning
alohida moliyaviy resurslarini shakllantirish va ulardan maqsadli yo’nalishlarda
foy-dalanish keng qo’llanilib kelinar edi. Ammo ayrim byudjetdan tashqari
jamg’armalarda o’z vaqtida va to’liq moliyaviy resurslarni shakllantirmaslik, aholiga
berilayotgan va tarqatilayotgan moliyaviy resurslarda kechikish,
uzilish hollari
tez-tez uchray boshladi. Buning oldini olish maqsadida 2002-yildan boshlab
umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan ayrim davlatning byudjetdan tashqari
jamg’armalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufida bo’lishi ma’qul
deb topildi. Ammo shuni alohida qayd etish lozimki,
ularning muxtoriyatliligi
to’liq saqlanib qolindi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida bir qator
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalar mavjud. Ularning asosiylari
quyidagilar:
1)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasi;
2)
O‘zbekiston
Respublikasi
Xususiylashtirilgan
korxonalarga
ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi;
3)
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi
huzuridagi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi;
4)
O‘zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi;
5)
O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy”
jamg’armasi;
6)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika
Yo’l jamg’armasi (ushbu jamg’arma 2019-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston
Respublikasining Avtomobil yo’llari davlat Qumitasi ixtiyoriga o’tkazildi va
uning asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va
moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga
o’tkazildi);
303
7)
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
huzuridagi
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo’yicha
“El-yurt umidi” jamg’armasi.
Mablag’lari soliqlar, majburiy to’lovlar
va jarimalar, shuningdek byudjet
subsidiyalaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamg’armalari davlat
funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi. Davlat maqsadli
jamg’armalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori bilan tashkil
etiladi. Davlat maqsadli jamg’armalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs
tashkil etmasdan tuzilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: