312
kuchaytirishga turtki bo’ldi. Chunki qonunning 6-moddasida mehnat qilish huquqi
kafolati deb nomlanishining o’ziyoq jamg’armani yanada takomillashtirishga,
resurslarini maqsadli ishlatilishiga zamin yaratdi.
2003-yil 2-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
“O‘zbekiston Respublikasi Bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi
mablag’larini shakllantirish va foydalanish tartibi to’g’risida”gi
Nizomni
tasdiqlash bo’yicha 173-sonli Qarori e’lon qilindi. Mazkur Qaror bevosita “Aholi
bandligi to’g’risida” va “Byudjet tizimi to’g’risida”gi (hozirgi kunda ushbu
Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”ning qabul qilinishi
munosabati bilan bekor qilingan) qonunlar negizida ishlab chiqildi.
2016-yil 20-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi 117-sonli Qarori qabul qilinib, unga ko’ra “O‘zbekiston
Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini
shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to’g’risida”gi
Nizom qabul qilindi
hamda unga muvofiq jamg’armaning mablag’larini shakllantirish va ulardan
foydalanishning asosiy yo’nalishlari belgilanib olindi.
2017-yil
24-may
kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini
tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 3001-sonli
Qarori qabul qilindi va
unda
O‘zbekiston
Respublikasi
Bandlikka
ko’maklashish
davlat
jamg’armasi mablag’larini shakllantirish manbalari va mablag’larini sarflashning
asosiy yo’nalishlari qayd etildi.
Dostları ilə paylaş: