Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

O‘zbekiston 
Respublikasi 
Bandlikka 
ko’maklashish 
davlat 
jamg’armasi mablag’larini sarflashning asosiy yo’nalishlari:

mehnat bozorini barqaror va balanslashgan holda rivojlantirish, aholi 
bandligi darajasini oshirish va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni 
ta’minlash bo’yicha maqsadga yo’naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga 
oshirishni moliyaviy ta’minlash; 

ishsizlar, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, akademik litseylar, oliy 
ta’lim muassasalari, shuningdek, ish topishda qiyinchiliklarga uchrayotgan va 
mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobat qilaolmayotgan shaxslarni ishga 
joylashtirish va moddiy qo’llab-quvvatlash bo’yicha qonun hujjatlarida 
belgilangan kafolatlarni amalga oshirish; 

ishsizlar va band bo’lmagan aholiga, birinchi navbatda yoshlarga, 
ayollarga va nogironlarga kasb-hunarga tayyorlash, qayta tayyorlash va 
ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha sifatli xizmatlar ko’rsatishni 
tashkillashtirish bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, mehnat 
bo’yicha organlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. 
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va 
uning tasarrufida bo’lgan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahri bo’linmalari hamda ularning tumanlardagi mehnat bo’limlari 
jamg’armaning moliyaviy resurslarini to’liq shakllanishi va maqsadli 
foydalanishi uchun javobgardirlar. 
Ish beruvchilar tomonidan majburiy ajratmalarni to’liq jamg’arma 
daromadiga o’tishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat 
munosabatlari vazirligi va uning tasarrufida bo’lgan bo’linmalari hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasiga yuklatilgan. 


314 
Bandlikni 
qo’llab-quvvatlash 
davlat 
jamg’armasi 
mablag’laridan 
foydalanishni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat 
munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 
topshirilgan. Zarurat tug’ilganda, mustaqil auditorlar yoki auditor firmalarni jalb 
etib, moliyaviy resurslardan qonunga mos ravishda foydalanilayotganligini 
tekshirish mumkin. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin