Davlatiy moliya


-MAVZU: MAHALLIY BYUDEJTLAR



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

19-MAVZU: MAHALLIY BYUDEJTLAR
REJA: 
1.
 
Mahalliy budjetlarning mohiyati. 
2.
 
Mahalliy budjetlardagi moliyaviy munosabatlarni tartibga solish.
1.
 
Mahalliy byudjetlarning mohiyati 
So‘nggi o‘n yilliklar davomida bir qator mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy 
jarayonlarning hududiylashuvi kuzatilmoqda. Bu jarayonlarni boshqarish 
funktsiyalari tobora ko‘proq markaziy hokimiyat organlaridan hududiy boshqaruv 
organlariga o‘tib bormoqda. XX asrning so‘nggi yillariga kelib butun dunyoda 
davlat tuzumi va boshqaruvida demokratik tamoyillarning rivojlanishi 
jadallashdi. Ko‘pgina mamlakatlarda demokratik davlat tuzumining majburiy 
tarkibiy qismi – mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish bo‘lib, uning mohiyatini aholi 
qatlamlarining o‘zi ular tomonidan erkin asosda saylangan vakillik organlari 
orqali boshqarishi tashkil qiladi. Xududiy vakillik va ijroiya organlariga 
yuklatilgan funktsiyalarni to‘laqonli bajarish uchun ular ma’lum darajada mulkiy 
va moliyaviy-byudjet huquqlariga egadirlar. Bu huquqlarning amalga oshirilishi 
doirasida hududiy moliyaning o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda. 
Bizga ma’lumki, 
mahalliy moliya
– O‘zbekiston Respublikasi mahalliy 
ma’muriy-hududiy tuzilmalarining naqd va naqdsiz shakldagi pul resurslari va 
oqimlari yig‘indisi bo‘lib, mahalliy xo‘jalik ehtiyojlarini normal darajada 
ta’minlashga hamda mahalliy hududdagi aholiga ijtimoiy-madaniy xizmatlarni 
pul mablag‘lari bilan ta’minlashga xizmat qiladi. 
Bugungi kunda mahalliy moliya hududiy ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga 
oshirish quroliga aylanib bormoqda. 
Mahalliy moliya tizimining tarkibiga quyidagi bo‘g‘inlar kiradi:
1)
mahalliy byudjetlar; 
2)
mahalliy mahsus fondlar; 
3)
mahalliy korxonalar moliyasi. 
Mahaliy hokimiyat organlari faoliyatining asosiy moliyaviy bazasini 
mahalliy byudjetlar tashkil qiladi. Mahalliy byudjetlar milliy daromadni ko‘p 


325 
pog‘onali qayta taqsimlash mahsulini aholiga etkazishning muhim kanallaridan 
biridir. Mahalliy byudjetlardan ma’lum darajada mahalliy iqtisodiyot tarmoqlari, 
hududni obodonlashtirish, keng aholi qatlamlarining normal hayotiy faoliyatini 
ta’minlovchi xizmatlarni amalga oshiruvchi boshqa bir qator soha va tarmoqlar 
xarajatlari moliyalashtiriladi. 
Mamlakat byudjet tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan xarajatlarning 50 
foizidan ko‘proq qismi mahalliy byudjetlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Mahalliy 
byudjetlar umumdavlat iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, 
xususan, jamiyat ijtimoiy infratuzilmasini saqlash va rivojlantirishga 
mo‘ljallangan umumdavlat mablag‘larini qayta taqsimlashda muhim ahamiyatga 
ega bo‘lib bormoqda.

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin