Davlatiy moliya


-rasm. O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tuzulishi



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

18-rasm. O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti tuzulishi 
Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad 
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan 
xarajat yo‘nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi. 
Mahalliy byudjetlar aholini ijtimoiy himoya qilish borasida davlatning olib 
borayotgan siyosatining joylardagi asosiy tayanchi hisoblanadi.Mahalliy 
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti 
O’zbekiston Respublikasining 
respublika byudjeti 
Qoraqalpog’iston Respublikasi 
byudjeti, viloyatlar va Toshkent 
shahar mahalliy byudjetlari 
Qoraqalpog’iston Respublikasi 
byudjeti 
Toshkent shahar 
mahalliy byudjeti 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasining respublika 
byudjeti 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi tumanlari va 
shaharlarining byudjetlari 
Viloyatlar mahalliy 
byudjetlari 
Shahar byudjeti 
Shahar tarkibiga 
kiruvchi 
tumanlarning 
byudjetlari 
Viloyat byudjeti 
Tegishli viloyatlar 
tumanlari va 
shaharlarining 
byudjetlari 


328 
byudjetlarga xos bo‘lgan xususiyatlarning namoyon bo‘lishi, ulardan milliy 
daromadni hududiy darajada taqsimlash va qayta taqsimlash hamda bu 
jarayonlarni nazorat qilish quroli sifatida foydalanish faqat inson faoliyati 
jarayonidagina mumkin bo‘ladi
85
. Bu byudjet mexanizmida o‘z aksini topadi. 
Byudjet mexanizmi davlat byudjet siyosatini amalga oshirishning dastak va 
vositalari yig‘indisi bo‘lib, davlat tomonidan tashkil etiladi va byudjet 
munosabatlarini davlat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga 
yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy mazmun-mohiyati jihatidandavlat byudjeti daromadlari –davlat 
bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi davlat 
markazlashgan pul fondining shakllanishi yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy 
pul munosabatlari hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari esa mahalliy 
o‘z-o‘zini boshqarish organlari oldidagi muhim strategik ahamiyatga molik 
bo‘lgan vazifalarning amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan markazlashtirilgan pul 
fondini shakllantirish bilan bog‘liq pulli munosabatlar shaklidir
86

Mahalliy byudjetlarning daromadlari tizimini ikki guruhga ajratish mumkin, 
ya’ni mahalliy byudjetlarning biriktirilgan va tartibga soluvchi daromadlari 
tizimiga. 
Biriktirilgan daromadlar
– bu byudjet huquqi sub’ektiga tegishli mablag‘dir, 
ya’ni yuqori byudjetni chetlab o‘tib, doimiy asosda, qat’iy belgilangan ulushda 
yoki to‘liqligicha tegishli byudjetga kelib tushuvchi mablag‘lardir. Biriktirilgan 
daromadlar asosini mahalliy soliqlar va yig‘imlar, qat’iy ulushda va doimiy 
asosda mahalliy byudjetlarga berilgan umumdavlat solio‘laridan o‘tkazmalar 
tashkil etadi. Davlat mahalliy hukumat organlariga ular qaramog‘idagi 
biriktirilgan daromadlarning ortiqcha mavjudligini moliyaviy resurs sifatida, 
ularga biriktirilgan vazifalarni bajarish uchun taqdim etadi. O‘zbekiston
Respublikasi Byudjet kodeksiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari 
tarkibi quyida keltirilgan 19-rasmda yoritilgan. 
Boshqa daromadlarga davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni 
realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, 
foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan 
daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladigan 
davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima sanktsiyalari, egasiz mol-mulkni, 
meros huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha 
85
Robert D., Lee Jr., Ronald W., Johnson Philip, G.Joyce. Public budgeting systems. Jones&BartlettLearning; 10 
edition. USA, 2017. – P. 102. 
86
Ракитина И., Берёзина Н. Государственные и муниципальные финансы. Учебник и практикум М: Юрайт - М, 2017. 
– 69- с. 


329 
davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan 
tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha 
dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar 
kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan 
subventsiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy 
transfertlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar 
viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari 
hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik 
faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston
Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo uchun aktsiz solig‘i Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari 
daromadlariga o‘tkazib beriladi.

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin