Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

2.
 
Mahalliy byudjetlarni tartibga solish 
Bugungi kunda mamlakatimizda byudjet va ijtimoiy siyosatning 
uyg‘unligini ta’minlash maqsadida moliya tizimining sohalarini, jumladan 
byudjet tizimini va ayniqsa, uning tarkibiy qismi hisoblangan mahalliy 
byudjetlarni samarali boshqarish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu 
holat davlat moliyaviy siyosatining joylardagi ijobiy ijrosini ta’minlash, 
shuningdek hududiy iqtisodiyot muammolari keskinlashuvining oldini olishni 
hamda mahalliy byudjetlar huquq va majburiyatlarning kengayib borishi 
sharoitida ularning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash uchun zamin yaratadi. 
Shuningdek, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan qabul 
qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar mahalliy byudjet muammolarini hal 
etishga qaratilgandir. 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo‘nalishi) sifatida davlatning byudjet 
siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasi va byudjet jarayonida 
hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlari funksiyalarini belgilovchi 
boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi. O‘zining hajmi va muhimligi 
jihatidan katta ish bo‘lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet 
jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas.
O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjet siyosatini amalga oshirish, 
mahalliy byudjetlar faoliyatini tartibga solishning huquqiy asosini O‘zbekiston 
90
Левина В.В. Бюджетная система Российской Федерации. Феникс, 2017 г. 68 с. 


335 
Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi”, 
“Soliq Kodeksi”, “Bojxona Kodeksi” va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar 
tashkil qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimini boshqarish va tartibga solish 
maqsadida 2013-yil 26-dekabrda “Byudjet kodeksi” qabul qilingan bo‘lib, ushbu 
huquqiy hujjat: 
-
O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish 
asoslarini; 
-
O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjetini tuzish prinsiplari va 
uning tuzilmasini; 
-
davlat byudjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini; 
-
davlat byudjetining daromadlarini shakllantirish va uning xarajatlarini 
amalga oshirish prinsiplarini; 
-
davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni; 
-
davlat byudjeti mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish 
jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartiblarini belgilab beradi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy hokimiyat 
vakillik organlari: 
-
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetini va mahalliy 
byudjetlarni qabul qiladi, shuningdek ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni 
tasdiqlaydi; 
-
mahalliy byudjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlar 
miqdorlarini hamda ular bo‘yicha imtiyozlarni belgilaydi; 
-
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar: 
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar 
loyihalarini tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va 
mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etadi hamda 
ularning ijrosi to‘g‘risida hisobotlar tuzadi; 
-
byudjetga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi hamda byudjet 
mablag‘laridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil 
etadi; 
-
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Bundan tashqari, davlat byudjetining daromad va xarajatlari tarkibi, 
respublika va mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi hamda 
ularning byudjet bo‘g‘inlari o‘rtasida taqsimlash tartiblari, byudjet taqchilligini 
moliyalashtirish manbalari, davlatning maqsadli fondlari, ularni tashkil qilish va 


336 
ular mablag‘laridan foydalanish tartibi kabilar Kodeksning tegishli moddalarida 
belgilab berilgan. 
Qonun byudjet jarayonida hokimiyatdagi qonunchilik va ijroiya organlari 
funksiyalarini, mamlakat subyektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi 
prinsiplarini, byudjet jarayoni subyektlarining huquq va majburiyatlari va 
hokozolarni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi. 
Byudjet siyosati byudjetda to‘planadigan YalM hissasini aniqlashda, mamlakat 
yuqori va quyi organlari munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy 
tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlat 
qarzini boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash yo‘llarini aniqlashda 
ifodalanadi
91

Umuman olganda, mahalliy byudjetlar amal qilishining, shakllanishi va 
ishlatilishining, byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qonuniy-huquqiy 
asoslarini quyidagilar tashkil qiladi: 
-
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; 
-
O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”; 
-
O‘zbekiston Respublikasi “Soliq Kodeksi”; 
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil uchun qabul 
qilinadigan “O‘zbekiston Respublikasi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va 
davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qarori; 
-
hududiy davlat boshqaruvi va ijroi organlarining “Mahalliy byudjetlar 
parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorlari; 
-
boshqa qonuniy-huquqiy hujjatlar. 
Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarish tizimida mahalliy 
byudjetlar rioya qilishi lozim bo‘lgan muayyan cheklanishlar muhim ahamiyatga 
ega. 
Mahalliy byudjetlar uchun: 
-
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlari balanslashtirilgan daromadlar va xarajatlarga ega bo‘lishi 
lozim. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlari taqchilligiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar 
mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda: 
-
mablag‘lar jalb qilishni amalga oshirishga, yuqori turuvchi byudjetlardan 
byudjet ssudalari olish bundan mustasno; 
-
tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag‘lardan ortiq xarajatlarni amalga 
oshirishga; 
91
Vahobov A.V, Malikov T.S. Moliya. –T.: “Noshir”, 2013. - 713 b. 


337 
-
tegishli byudjetlar mablag‘lari hisobidan boshqa yuridik va jismoniy 
shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga; 
-
yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalari va kredit liniyalari 
berishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar 
hokimi tegishli hududda o‘zini-o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashish 
asosida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yo‘naltirib turadilar. 
Viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslari ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish yuzasidan birgalikdagi dasturlarni, shu jumladan hududlararo 
dasturlarni pul bilan ta’minlash uchun boshqa viloyatlar, tumanlar, shuningdek 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning 
moliya resurslari bilan shartnoma asosida birlashtirilishi mumkin.O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasining 7-moddasida aytilishicha, O‘zbekiston 
Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar 
vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.
Viloyat, tuman, shaharning moliyaviy resurslarini (20-rasm) byudjet 
mablag‘lari, byudjetdan tashqari fondlar, aniq maqsadga qaratilgan fondlar, kredit 
resurslari va boshqa manbalar tashkil etadi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin