Davlatiy moliya


-MAVZU: BYUDJETLARARO MUNOSABATLAR



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

20-MAVZU: BYUDJETLARARO MUNOSABATLAR
REJA: 
1.
 
Byudjetlararo munosabatlar to‘g‘risida tushuncha. 
2.
 
Byudjetlararo munosabatlarning shakllari. 
3.
 
Byudjet tizimi bo‘g‘inlari daromadliligini tartibga solishda 
byudjetlararo munosabatlarning ahamiyati. 
4.
Byudjetlararo munosabatlarning jahon tajribalari.
1.
 
Byudjetlararo munosabatlar to‘g‘risida tushuncha 
Barcha mamlakatlarda ularning geografik joylashuvi, tarmoqlarning turli 
darajada rivojlanishi va boshqa omillar sababli mintaqalar ishlab chiqarish, daromad 
va ijtimoiy salohiyatning boshlang‘ich imkoniyatlari bir xilda emas. Biroq davlatning 
eng muhim vazifalaridan biri o‘z fuqarolari farovonligining barqaror o‘sishini 
ta’minlash va barcha mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil sharoitlar yaratishdir. 
Bunga esa davlatning moliyaviy resurslarini byudjetlararo munosabatlar orqali qayta 
taqsimlash orqali erishiladi. 


343 
O‘zbekiston Respublikasida 2013-yil qabul qilingan “Byudjet kodeksi”ning 132-
moddasida Byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha yondoshilgan, Byudjetlararo 
munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent 
shahrining shahar byudjeti, tumanlar, shaharlar byudjetlari, shuningdek davlat 
maqsadli jamg‘armalari byudjetlari o‘rtasidagi Kodeks bilan tegishli byudjetlarga 
biriktirilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli byudjetlarni 
moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir munosabatlardir. 
Byudjet jarayonida: 

O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining tumanlar va shaharlar 
byudjetlari bilan; 

davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining tumanlar va shaharlar 
byudjetlari bilan; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat 
byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining bir-biri bilan, shuningdek, 
boshqa ma’muriy-hududiy birlikning tumanlari va shaharlari byudjetlari bilan; 

tumanlar va shaharlar byudjetlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlariga yo‘l 
qo‘yilmaydi. Byudjetlararo munosabatlarning birmuncha to‘laroq ta’rifi rus iqtisodchi 
olimlari A.M.Babich va L.N.Pavlova tomonidan tayyorlangan “Финансы” nomli 
darsligida berilgan: “Byudjetlararo munosabatlar davlat hokimiyat organlari, 
markaziy hokimiyat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari o‘rtasida byudjetlarni 
tuzish va ijro etish hamda byudjet jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq huquq va 
majburiyatlar, vakolatlarning biriktirilishi va chegaralanishiga oid munosabatlar 
majmuidir”
96

Ushbu ta’rifni ham yetarlicha aniq berilgan deb hisoblab bo‘lmaydi, chunki u 
mazkur muammoni hal etishning huquqiy asoslarini ko‘rib chiqish va tayyorlash 
jarayonidagi munosabatlarnigina aks ettiradi. Byudjetning ijro etilishi davomida 
mablag‘larning bir byudjet bo‘g‘inidan boshqasiga yoki bir darajadagi byudjetlar 
o‘rtasidagi haqiqatdagi harakati haqida ushbu ta’rifda umuman fikr bildirilmagan. 
Byudjetlararo munosabatlar mazmuni va turli adabiyotlarda talqin etilish 
darajasini tahlil etish natijasida shunday xulosa qilish mumkin: byudjetlararo 
munosabatlar sodir bo‘layotgan byudjet tizimi darajalariga ko‘ra ularni byudjet tizimi 
pog‘onalari o‘rtasidagi va bir darajadagi byudjet bo‘g‘inlari o‘rtasidagi 
munosabatlarga bo‘lish mumkin. Demak, “byudjetlararo munosabatlar” tushunchasi, 
bizning fikrimizcha, quyidagilarni o‘z ichiga olmog‘i lozim: 

byudjet jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlarning birmuncha to‘liqroq 
tarkibini; 
96
Бабич А. М. Финансы: Учебник/ А. М. Бабич, Л. Н.Павлова. -М.: ИД ФБК-ПРЕСС, 2000. 


344 

davlat hokimiyati boshqaruv organlarining o‘zaro (bir darajadagi) 
munosabatlarini; 

quyi byudjet bo‘g‘inlarining respublika byudjeti bilan o‘zaro munosabatlarini; 

moliyaviy yordamning nafaqat yuqoridan quyiga, balki quyi byudjetlardan 
yuqori byudjetlarga ham berilish holatlarini va hokazo. 
Bulardan kelib chiqib, byudjetlararo munosabatlarning iqtisodiy voqelik 
sifatidagi tabiatini tahlil qilish asosida quyidagilarni ta’kidlash zarur: 

birinchidan, byudjetlararo munosabatlar – keng qamrovli byudjet siyosatini 
markaziy va hududiy darajada amalga oshirish jarayonining ajralmas qismidir; 

ikkinchidan, byudjetlararo munosabatlar byudjet siyosatining boshqa 
yo‘nalishlariga nisbatan birlamchi ahamiyat kasb etadi; 

uchinchidan, byudjetlararo munosabatlar — nafaqat boshqaruvning turli 
darajalaridagi hokimiyat organlari o‘rtasidagi munosabat, balki eng avvalo, 
mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari o‘rtasida markaz orqali 
shakllangan va davlat hokimiyatiga uning aniq funksiyalarini hududiy darajada 
bajarish, jamiyat taraqqiyoti uchun normal sharoitlarni yaratish maqsadida berilgan 
barcha pul mablag‘larining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonidagi 
munosabatlardir; 

to‘rtinchidan, hududlardan, joylardan markaziy hokimiyat (respublika 
darajasi)ga mablag‘lar tushib turishining ta’minlanishi o‘z navbatida ularga davlat 
boshqaruvi bo‘yicha aniq vazifalar va majburiyatlarning bajarilishini talab qilib olish 
huquqini ham beradi, bu holat respublika davlat hokimiyatining o‘z hududlari 
manfaatida yagona va samarali boshqaruvni ta’minlaydi. Shu bilan birga, respublika 
byudjetidan mahalliy byudjetlarga mablag‘larning ajratilishi mamlakatni markazdan 
boshqarishda mahalliy byudjetlar zimmasidagi majburiyatlarning bajarilishi uchun 
dastak yaratadi hamda hududlarda ma’lum mahalliychilik kayfiyatlari yuzaga 
kelishining obyektiv asoslarini bartaraf etadi; 

beshinchidan, byudjetlararo munosabatlar - bu mutlaqo teng ahamiyatli tarzda 
quyidan yuqoriga va yuqoridan quyiga harakatlanuvchi moliyaviy oqimlardir. Ushbu 
munosabatlarsiz turli darajadagi byudjetlarni muvaffaqiyatli shakllantirib bo‘lmas edi. 
Shu sababli ushbu moliyaviy oqimlar mahalliy byudjetlarni shakllantiruvchi ta’sirchan 
omil hisoblanadi. 
Shunday qilib, byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha ta’rif berishimiz 
mumkin: 
Byudjetlararo munosabatlar davlat byudjet mexanizmining muhim 
ajralmas elementi bo‘lib, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari 
o‘rtasida markaziy boshqaruvning markazdan turib barcha moliyaviy oqimlarni 
taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta’minlaydi va bundan tashqari, 
markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida 
huquq va majburiyatlarni o‘zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat 


345 
byudjetida jamlangan pul mablag‘larining ushbu subyektlar o‘rtasida qayta 
taqsimlanishini o‘z ichiga oluvchi munosabatlar yig‘indisidir”
97


Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin