Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari



Yüklə 60 Kb.
tarix26.12.2023
ölçüsü60 Kb.
#198540
fPS2ZgaUQLOso9xpVfsF2IVnPCVyHBkB


Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va funksiyalari
Reja
1. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
2. Davlat byudjetining funksiyalari.
3. Davlat byudjetining mamlakat moliya tizimining boshqa bo’g’inlari bilan o’zaro munosabatlari.
4. Xulosa
Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati.
Iqtisodiy kategoriya sifatida davlat byudjeti– davlat bilan yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning, uning faol qismi bo’lgan milliy daromadning (qisman milliy boylikning) qiymatini qayta taqsimlash yuzasidan kelib chiqadigan pul munosabatlari tizimi bo’lib, ular natijasida iqtisodiyotni, ijtimoiy-madaniy sohalarni, mudofaa va davlat boshqaruvi ehtiyojlarini moliyalashtirishga mo’ljallangan pul fondi – davlat byudjeti shakllanadi va maqsadga muvofiq tarzda ishlatiladi.
Moddiy tushuncha sifatida davlat byudjeti– markaziy hukumat va tegishli darajadagi mahalliy hokimiyat idoralari faoliyatini ta‘minlovchi, ular oldidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vazifalarni bajarishga mo’ljallangan markazlashtirilgan pul mablag’lari fondidir.
Huquqiy kategoriya sifatida davlat byudjeti– markaziy va tegishli mahalliy hokimiyat va ijroiya organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan, markazlashgan pul mablag’lari fondini shakllantirish, taqsimlash va maqsadli ishlatishni ko’zda tutuvchi asosiy moliyaviy reja, yuridik xujjatdir. Yuridik hujjat sifatida O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda har moliya yili uchun tuziladi, ko’rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etilad
Shakl jihatidan, davlat byudjeti - bu davlatning asosiy moliyaviy rejasi bo’lib, unda byudjet pul munosabatlari tizimi sifatida miqdor jihatidan ifodalanadi. Binobarin, aynan byudjet rejasi mamlakatning muhim moliyaviy hujjati sifatida tuziladi, ko‟rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi. Unda pul mablag’larining markazlashtirilgan jamg‟armasini shakllantirish, taqsimlash va undan foydalanishga doir iqtisodiy munosabatlar aks etadi.
Moddiy mazmun jihatidan, davlat byudjeti - davlatning byudjet rejasini ijro etish jarayonida tashkil topadigan va foydalaniladigan asosiy markazlashtirilgan pul mablaglari jamg’armasidir.
Mohiyat jihatidan, davlat byudjeti - davlat boshqaruvining muhim vositasi bo’lib, uning yordamida davlat takror ishlab chikarish jarayonlariga ta’sir ko‟rsatadi, inson irodasiga buysunmaydigan bozor kuchlarining salbiy ta‟sirini bartaraf etadi.
Huquqiy kategoriya sifatida davlat byudjeti - bu davlatning vazifa va funksiyalarini moliyaviy ta’minlash uchun mo’ljallangan pul mablag’lari jamg‟armasini tashkil etish va sarflashning qonun bilan belgilangan shaklidir. Byudjet huquqiy akt shakliga ega bo’lib, vakolatli hokimiyat organi tomonidan qabul qilinadi va shu sababdan qonuniy kuchga egadir.
Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy o‟rinni egallaydi. Markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish orqali uning yordamida katta hajmdagi moliyaviy resurslar davlatning qo‟lida to‟planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi.
Davlat byudjetining mazmunini yoritishga turli davr va turli yo’nalishdagi iqtisodiy maktablar iqtisodchi olimlari turlicha yondoshganlar. Masalan, yuqorida nomi keltirilgan o’quv qo’llanmada “Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo’lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi”4-deb izohlangan.
Davlat byudjeti- davlat pul mablag‟larining (shu jumladan davlat maqsadli jamg‟armalari mablag‟larining) markazlashtirilgan jamg‟armasi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Davlat byudjetining turli belgilari va xususiyatlarining yuqorida bayon qilingan tavsiflariga tayangan holda, uning mohiyatini aniqlab beruvchi quyidagi ta‟rifni berish mumkin: davlat byudjeti - umumjamiyat miqyosida markazlashgan va davlat ishtirokida to’plangan va uni jamiyat taraqqiyoti turli sohalarining rivojlanishiga sarflanadigan moliyaviy resursdir.
Davlat byudjetining iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatlari uning shakli, moddiy mazmuni va mohiyatida namoyon bo’ladi.
Mohiyat jihatidan, davlat byudjeti - davlat boshqaruvining muhim vositasi bo‟lib, uning yordamida davlat takror ishlab chikarish jarayonlariga ta’sir ko‟rsatadi, inson irodasiga buysunmaydigan bozor kuchlarining salbiy ta’sirini bartaraf etadi.
Moddiy mazmun jihatidan, davlat byudjeti - davlatning byudjet rejasini ijro etish jarayonida tashkil topadigan va foydalaniladigan asosiy markazlashtirilgan pul mablaglari jamg‟armasidir. Mohiyat jihatidan, davlat byudjeti - davlat boshqaruvining muhim vositasi bo’lib, uning yordamida davlat takror ishlab chikarish jarayonlariga ta‟sir ko’rsatadi, inson irodasiga buysunmaydigan bozor kuchlarining salbiy ta’sirini bartaraf etadi.
Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy o‟rinni egallaydi. Markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish orqali uning yordamida katta hajmdagi moliyaviy resurslar davlatning qo‟lida to‟planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi.
Davlat byudjetining funksiyalari.
Davlat byudjetining mohiyati uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi funksiyalarida namoyon bo’ladi. Turli davr va turli maktab iqtisodchilari davlat byudjetining funksiyalarini yoritishga turlicha yondoshadilar. Masalan, T.Malikov, N.Xaydarov hammuallifligidagi ―Davlat byudjeti o’quv qo’llanmasida davlat byudjetining funksiyalari quyidagi tarzda bayon qilingan: ―Davlat byudjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa bo’linmalari singari, ikki xil funksiyani bajaradi: 1) taqsimlash; 2) nazorat.8
Bu va shu kabi boshqa adabiyotlarni o’rganish asosida, davlat byudjetining amalda namoyon bo’lish shakllarini o’rgangan hamda ko’pchilik iqtisodchi olimlarning fikriga qo’shilgan holda, davlat byudjeti quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi, deyishimiz mumkin:
– yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi;
– iqtisodiyotnitartibgasolishvaboshqarishfunksiyasi;
– ijtimoiy funksiyasi;
– nazorat funksiyasi.
Yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlash funksiyasi. Davlat byudjeti mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiga kiruvchi milliy daromadning qiymatini qayta taqsimlashda o’zining qayta taqsimlash funksiyasi bilan ishtirok etadi. Bunday qayta taqsimlash jarayonlari natijasida yaratilgan YaIMning qiymatidan to’lanadigan soliqlar va soliq xarakteridagi boshqa majburiy to’lovlarning to’lanishi asosida byudjet daromadlari shakllanadi. Byudjet daromadlari davlat markazlashgan moliyaviy resurslarining bir qismi sifatida, davlatning funksiyalarini bajarish uchun sarflanadi. Ular pul mablag’lari jamg’armalarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat organlarining ixtiyoridagi markaziy va mahalliy byudjetlarga kelib tushadi. O’zbekiston Respublikasida har yili davlat byudjeti orqali mamlakat YaIMining 18-20 foizi qayta taqsimlanadi. Davlat maqsadli jamg’armalari bilan birga hisoblaganda esa bu ko’rsatkich bugungi kunda 34-35 foizni tashkil etmoqda.
Har qanday iqtisodiy kategoriyaning mohiyati uning funksiyalarida namoyon bo’ladi. Davlat byudjeti moliya iqtisodiy kategoriyasining tarkibiy bo’linmasi hamda byudjet munosabatlari moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismi hisoblangani uchun ularga pul shakli xosdir va ular taqsimlash, qayta taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajaradi.11
Taqsimlash funksiyasini soliq, zayom, davlat mulkidan tushgan daromadlar, qogoz pullar emissiyasidan tushgan daromadlarni o’z ichiga oluvchi byudjet daromadlari amalga oshiradi. Bunda byudjet jamg‟armasi xo’jalik sub’ektlari (yuridik va jismoniy shaxslar) daromadlari hisobiga shakllanadi. Bu daromadlar sof milliy mahsulotning birlamchi taqsimoti (ishchi va xizmatchilarning ish haqi, yollanma ishchilarning daromadlari, tadbirkorlik foydasi, renta, foiz) natijasida yuzaga keladi.
Byudjetning qayta taqsimlash funksiyasi aniq maqsadli bydjet xarajatlariga tegishlidir. Davlat umumiy xo‟jalik sub’ekti sifatida faoliyat yuritib, takror ishlab chiqarish jarayoni barcha ishtirokchilarining iqtisodiy manfaatlarini hisobga oladi, shuning uchun xam byudjet xarajatlari hamma soha va tarmoqlarni qamrab oladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida byudjet mablag‟lari milliy daromadda davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo’linadi va ko’p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni shakllantirishga yo’naltiriladi.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga ega. Byudjetning milliy iqtisodiyot bilan uzviy bog’liqligi takror ishlab chiqarishning barcha bo’linmalarida ahvolning qandayligi to’g’risida ma’lumotlar bilan doimiy ta‟minlab turadi. Milliy iqtisodiyot istalgan bir sohasi yoki korxonaning moliyaviy ahvoli, albatta, davlat byudjeti bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarda – soliqlarda, to’lovlarda, byudjetdan moliyalashtirish hajmlarida, byudjet assignovaniyalarini o‟zlashtirishda va hokazolarda – o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Davlat byudjetining mamlakat moliya tizimining boshqa bo’g’inlari bilan o’zaro munosabatlari.
Davlat moliyasi davlatning markazlashgan pul daromadlarini shakllantirish va ulardan o’z funksiyalarini to’laqonli bajarish maqsadida turli yo’nalishlarda foydalanish bilan bog’liq munosabatlar yig’indisidir. Bu munosabatlarning turlitumanligi asosida davlat moliyasining bir qator aniq tashkiliy shakllari shakllanadi.
Bular:
davlat byudjeti;
davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalari;
davlat krediti;
davlat korxonalari moliyasi.
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat moliyasi – davlatning va uning mulkidagi davlat korxonalarining ixtiyorida moliyaviy resurslarning shakllanishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, jamiyat a‘zolarining ortib borayotgan ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarini qondirish, mamlakat mudofaasi va davlat boshqaruvini ta‘minlash bo’yicha xarajatlarning amalga oshirilishi bilan bog’liq bo’lgan, yalpi ichki mahsulotning qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida sodir bo’ladigan pul munosabatlari yig’indisidir.
Davlat moliyasi sohasida sodir bo’ladigan pul munosabatlarining subyektlari bo’lib davlat (hukumatning tegishli organlari timsolida), yuridik shaxslar (korxona va tashkilotlar timsolida) va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar.
Jamiyatning iqtisodiy hayotida byudjet xarajatlarining roli va ahamiyatini aniqlash uchun ularni ma’lum belgilarga ko’ra turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Nazariya va amaliyotda byudjet xarajatlarini klassifikatsiya qilishning bir necha belgilari mavjud. Ular o’zlarining iqtisodiy mazmuni, funktsionalligi, ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va faoliyat turlari yoki idoraviy bo’linishi, ijtimoiy mo’ljallanganligi bo‟yicha, hududiy turkumlanishi, ma‟lum maqsadlari va yuridik nuqtai-nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Eng avvalo, o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra byudjet xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo’linadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga ularning qanday ta’sir ko’rsatishi mumkinligini ifoda etadi.
Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo’naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subventsiya shaklida ko’rsatiladigan davlat tomonidan qo’llabquvvatlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar va byudjet xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar byudjetning joriy xarajatlari deyiladi.
Davlat moliyasining iqtisodiy mazmuni bir xilda emas: uning tarkibida alohida bo’g’inlarni ajratib ko’rsatish mumkin, ularning har biri o’ziga xos funksiyalarni bajaradi. Davlat moliyasining tarkibiga quyidagilar kiradi: davlat byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalari, davlat krediti, davlat korxonalari moliyasi (3-rasm). Har bir bo'g’inning turlicha funksional tayinlanishga ega ekanligidan davlat keng miqyosdagi iqtisodiy-ijtimoiy xizmatlar ko’rsatadi, tarmoq va hududiy muammolarni hal qiladi.
Davlat moliyasining bosh va markaziy bo’g’ini davlat byudjetidir. Davlat byudjeti – davlatning markazlashgan pul fondi bo’lib, asosan yuridik va jismoniy shaxslarning soliqlari va majburiy to’lovlari evaziga shakllanadi va davlatning turli vazifalari va funksiyalarini moliyaviy ta‘minlashga yo’naltiriladi.
Xulosa
Hozirgi sharoitda byudjet intizomini mustahkamlashning zarurligi va ahamiyati mamlakatimizda bir tomondan, byudjet daromadlarini shakllantirish va ikkinchi tomondan esa, byudjet xarajatlaridan oqilona foydalanish masalalari bilan bog‟liq. Bunda ularning maqsadliligi, samaraliligi, tartibliligi va qonuniyligini ta‟minlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Byudjet intizomini ta’minlashda byudjet mablag’larini belgilangan miqdorda shakllantirishda O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasining mas’ul bo’lsa, byudjet xarajatlaridan oqilona foydalanish yuzasidan esa O‟zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati Bosh boshqarmasi va O‟zbekiston Respublikasi G‟aznachilik boshqarmasigaa katta mas‟uliyat tushadi.
Byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki, byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Iqtisodiyoti rivojlangan hech bir mamlakat yo’qki, moliya sohasida davlatning nazorat organlari mavjud bo’lmasin. Moliyaviy nazorat instituti davlatning nazorat organlarining umumiy tuzilishini o‟zida mujassamlashtiradi va moliyaviy mexanizmning asosiy elementi sifatida namoyon bo’ladi.
Yana shuni aytish kerakki byudjet intizomini mustahkamlash maqsadida byudjet xarajatlaridan samarali va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilishdir. Buning uchun byudjetdan ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtiradigan mablag’lardan tashqari boshqa xarajatlarni bosqichma-bosqich optimal darajada kamaytirish zarur.

E'tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 60 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin