Ishlab chiqarish jarayoni kuzatilayotganda ko’rish mumkinki mahsulot
ishlab chiqarishda xom-ashyo, ish kuchi, texnika vositalari, elektr energiyasi,
asosiy fondlar va boshqa resurslar bevosita qatnashadi va mahsulot hajmiga
ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot bilan unga sarflangan resurslar
orasidagi bog’lanishni ishlab chiqarish funktsiyasi orqali ko’rsatish mumkin.
Umumiy holda ishlab chiqarish funktsiyasi quyidagi ko’rinishda ifodalanadi:
y = f ( x1, x2,..., xm), bu yerday - ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori; xi– resurslar sarfi.
Ishlab chiqarish funktsiyalari matematik tasvirlash shakliga ko’ra chiziqli,
darajali, parabolik, ko’rsatkichli va hokazo bo’lishi mumkin. Bu funktsiyalarning
ba’zilarini ko’rib chiqamiz.
1.CHiziqli funktsiya:
y k0 k1x1 . Bu funktsiya bir jinsli bo’lib, omil-dalillarning doimiy limitli samaraliligi bilan xarakterlidir. Umuman iqtisodiyot uchun chiziqsiz aloqa ham xarakterli bo’lib, ma’lum doiralardagina chiziqli holatga, ya’ni ko’rinishga
keltiriladi.
2. Darajali funktsiya:
,
bu yerda y - ishlab chiqarilgan mahsulot;
x - ishlab chiqarish resurslari sarfi;
b - ishlab chiqarish samaradorligining o’zgarish ko’rsatkichi;
a - erkin parametr.
Mazkur funktsiya qo’shimcha mahsulotning qo’shimcha xarajat birligiga
nisbatan doim o’sib yoki kamayib borishini nazarda tutadi, biroq u qo’shimcha
mahsulotning ayni bir vaqtda kamayishi va o’sib borishiga yo’l qo’ymaydi. Buni
funktsiyaning birinchi tartibli hosilasida ko’rish mumkin:
3) Kobba-Duglas ko’rinishidagi darajali funktsiya eng ko’p tarqalgan va
universal funktsiya hisoblanadi. U quyidagicha ko’rinishda bo’ladi: