Amaliy Ekonometrik Modellar Ishlab chiqarish funksiyalari


Iqtisodiy o'sishning ekonometrik tahlillarida ishlab chiqarish funksiyalarini qo'llash



Yüklə 76,39 Kb.
səhifə2/3
tarix30.09.2023
ölçüsü76,39 Kb.
#151109
1   2   3
Amaliy Ekonometrik Modellar

Iqtisodiy o'sishning ekonometrik tahlillarida ishlab chiqarish funksiyalarini qo'llash.

Ishlab chiqarish funksiyalari xo'jalik faoliyatining ishlab chiqarilgan


mahsulotlari hajmi, mehnat va kapital sarfi, fondlar qaytimi mehnat unumdorligi kabi ko'rsatkichlararo bog'liqliklarni modellash hisoblanadi.
Umumiy holda mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagi funksiya ko'rinishida
berishimiz mumkin.

bunda N - ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi;


F|, F2, G’z...G’„ - ishlab chiqarishga ya’ni iqtisodiy o'sishga ta ’sir
qiluvchi omillar (mehnat, asosiy fondlar, xomayoshe va h.k.)
Shunday qilib ishlab chiqarilgan mahsulodar hajmi va unga ta ’sir qiluvchi
omillar o'rtasidagi bog'liqliklanii ifodalovchi funksiya ya’ni ishlab chiqarish
funksiyasini to'plam korrelyatsiya tenglamasi bilan ifodalash mumkin.
Iqtisodiy matematik modellami tuzishda iqtisodiy o'sish (ishlab chiqiladigan
mahsulotlar hajmi) va unga ta’sir qiladigan omillararo chiziqli bog'liqlik mavjud
deyiladi. B ua tahmin iqtisodiy o'sish va uning omillariaro bog'liqlikning
proporsional aniq koeffitsiyenti, ishlab chiqarishga to'g'ridan to 'g 'ri sarf
koeffitsiyenti bilan belgilanadi. Iqtisodiy o'sish tahlilida qo'llaniladigan chiziqli
dasturlash modellaridagi ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi va omillar (resurslar) sarfi to 'g 'ri proporsional nisbatda bo'ladi.
Ishlab chiqarishning chiziqli funksiyalaridan foydalanish amalda
qo'llaniladigan va tuzish oson bo'lgan matematik modellami tuzish imkonini beradi.
Ammo iqtisodiy o'sish va uning omillararo faqat chiziqli bog'liqlik bo'ladi
deyish noto 'g 'ri tushunchadir. Haqiqatan iqtisodiy o'sish, xomashyo va asosiy
vositalar sarfi aro chiziqli bog'liqlik mavjud bo'lsa, mehnat va asosiy fondlar sarfi
aro bog'liqliklar chiziqli ko'rinishdan murakkabdir. Iqtisodiy o'sish tahlilining
iqtisodiy-matematik modellarini tuzish va yangi usullardan foydalanish o'sish va
uning omillari o'rtasidagi bog'liqliklami chuqurroq va aniqroq o'rganib chiqishni
talab etadi.
K o'p hollarda iqtisodiy o'sishning chiziqsiz ko'rinishi quyidagicha bo'ladi:

Bu ishlab chiqarish funksiyasi yordamida har bir omilning iqtisodiy o'sishga
ta’sirini aniqlashimiz mumkin. Iqtisodiy o'sishg tezligi ikki xil, o'sishning absolyut
tezligi va o'sishning nisbiy tezligi ko'rinishida bo'ladi. Har ikkala o'sish tezligini
alohida-alohida ko'rib chiqamiz.
Iqtisodiy o'sishning har bir omili uchun iqtisodiy o'sishning absolyut o'sish
tezligi o'sishning chiziqsiz ko'rinishidan biron bir omil bo'yicha xususiy hosila olish bilan aniqlanadi. Masalan birinchi omil uchun

M a’lumki, iqtisodiy o'sish uning barcha omillariga bog'liq. Omil bo'yicha
olingan xususiy xosilalar nisbati bu omillaming o'rin almashuvining o'ziga xos
me’yoriy ko'rsatkichi bo'ladi.
Iqtisodiy o'sishning absolyut tezligidan tashqari o'sishning nisbiy tezligi ham
katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Iqtisodiy o'sishning nisbiy tezligi o'sishning biron bir omil sarfi 1% o'zgarganda ishlab chiqarilgan mahsulot qancha foizga o'zgarishini ko'rsatuvchi miqdordir.
O'sishning nisbiy tezligi absolyut tezlikni biron omilning (ishlab chiqarish
resursi) bilan ishlab chiqarilgan mahsulot nisbatiga ko'paytirish yo'li bilan
aniqlanadi. Uning matematik ko'rini quyidagicha bo'ladi.

Iqtisodiy o'sishning nisbiy tezligi ishlab chiqarishning omillar sarflari bo'yicha elastikligi deyiladi va odatda Ye bilan belgilanadi. Demak har qanday iqtisodiy o'sish omili (resurs turi) uchun ishlab chiqarishning omillar sarflari bo'yicha elastikligi



bo'ladi.
Shunday qilib iqtisodiy o'sish ko'rsatkichi sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot funksiyasidan foydalanilsa, sarflar bo'yicha elastikli barcha o'sish omillari uchun o'zgarmas qiymatga ega bo'lib tegishli regressiya koeffitsiyentlarga teng bo'ladi


Boshqacha aytsak maxsulot hajmining qancha bo'lishidan qat’iy nazar i – turidagi o'sish omilining (ishlab chiqarish resursining) sarfini 1% ga ko'paytirish ishlab chiqiladigan mahsulot
Yüklə 76,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin