Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
19-rasm. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va 
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari tarkibi 
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent 
shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari 
belgilangan 
normativlarga 
muvofiq umumdavlat 
soliqlari, shu jumladan 
mahalliy soliqlar va 
boshqa majburiy 
to’lovlar, shu 
jumladan: 
yuridik va jismoniy 
shaxslardan, 
shuningdek chet 
davlatlardan tushgan 
qaytarilmaydigan pul 
tushumlari 
bozorlardan tushadigan 
daromadlar 
boshqa daromadlar 
hisobidan 
shakllantiriladi 
− yuridik 
shaxslardan 
olinadigan foyda solig’i; 
− yagona soliq to’lovi; 
− jismoniy 
shaxslardan 
olinadigan daromad solig’i; 
− tadbirkorlik faoliyatining 
ayrim turlari bo’yicha qat’iy 
belgilangan soliq; 
− qo’shilgan 
qiymat 
solig’i; 
− aktsiz solig’i; 
− yer 
qa’ridan 
foydalanganlik uchun soliq; 
− suv 
resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq. 
− mol-mulk solig’i; 
− yer solig’i; 
− yagona yer solig’i; 
− ayrim 
turdagi 
tovarlar bilan chakana 
savdo qilish huquqi 
va 
ayrim 
turdagi 
xizmatlarni ko’rsatish 
uchun yig’im 


330 
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tasdiqlangan normativlarga 
muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning 
viloyat byudjeti, Toshkent shahri shahar byudjeti hamda tumanlar va shaharlar 
byudjetlari o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. Mahalliy soliqlar mahalliy 
byudjetlar tarkibida birinchi moliyaviy manba sifatida qaralsa ham, bu soliqlar 
mahalliy byudjetga biriktirilgan xarajatlarini moliyalashda etarli moliyaviy 
manba bo‘la olmaydi. Byudjet parametrlarini belgilash vaqtida umumdavlat 
soliqlaridan ajratmalar belgilanadi. Bu jarayon har yili byudjet parametrlarini 
tasdiqlash paytida ishlab chiqiladi va Prezident qaroriga muvofiq belgilanadi va 
tasdiqlanadi
87
. Umumdavlat soliqlaridan ajratmalar ulushi har yili mahalliy 
byudjetlarning o‘z daromadlarining tushumi hamda ular tomonidan amalga 
oshiriladigan xarajatlarning miqdoriga qarab o‘zgartirilib boriladi. Umumdavlat 
soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan 
soliqlardan mahalliy byudjetlarni boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushishi 
mumkin. Agar kelgusi yili mahalliy byudjetlarning o‘z daromad manbalari 
(soliqlari) ko‘payib qolsa, umumdavlat soliqlaridan ajratma berishning hojati 
qolmaydi. Mahalliy soliqlar va yig‘imlar mahalliy hukumatlar bajaradigan. 
vazifalarga qarab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib berilgan. Mahalliy 
hukumatlar asosan ijtimoiy masalalarni, ya’ni maktab, sog‘liqni saqlash, 
madaniyat, maorif, shaharlar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni 
bajaradi. Qariyb aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlarining 100 foizga yaqini 
mahalliy byudjetlar tomonidan moliyalashtiriladi. Qayd etish joizki, mahalliy 
soliqlar va yig‘imlar mahalliy byudjetlarni talab etiladigan moliyaviy resurslarini 
asosan 30-40 foizga yaqinini qoplaydi.
Keyingi vaqtlarda mahalliy byudjetlar daromad va xarajatlar salmog‘ini 50-
60 foizga etkazish kabi hukumat qarorlari mavjudki, bu ayni jamiyat va davlat 
qurilishini erkinlashtirish kabi vazifaga monanddir
88
.Mahalliy byudjetlar 
daromadlarini shakllantirishda tartibga soluvchi daromadlar ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan hozirgi paytda amaldagi tartibga 
muvofiq ravishda mahalliy byudjetlar daromad bazalarining barqarorligini 
ta’minlashda 
quyidagilardan 
tartibga 
soluvchi 
daromadlar 
sifatida 
foydalanilayotganligini qayd etib o‘tishimiz mumkin: qo‘shilgan qiymat solig‘i, 
aktsizlar, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, savdo va umumiy 
ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovidan Davlat byudjetiga 
ajratmalar, mikrofirma va kichik korxonalarni qo‘shib hisoblaganda yagona 
soliq to‘lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar, jismoniy shaxslarning 
daromadlaridan olinadigan soliq, er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun 
87
Po‘latov D.X, Nurmuxamedova B.I. G‘aznachili k. Darslik. – T.: “Sano-standart”, 2014. – 63- b. 
88
Srojiddinova Z.X. O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi. Darslik. – T.: “infoCOM.UZ”, 2010. – 59- b..
 


331 
soliqva boshqalar. Tartibga soluvchi daromadlar – bu yuqori byudjetlardan quyi 
byudjetga, ularning daromad va xarajatlarini boshqarib turish (balanslashtirish) 
maqsadida beriladigan pul mablag‘lari majmuasidir. O‘zbekiston Respublikasi 
“Byudjet kodeksi”ga muvofiq, tartibga soluvchi daromadlar- byudjet tizimi 
byudjetlari o‘rtasida ajratmalar normativlari belgilanadigan umumdavlat soliqlari 
va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek soliq bo‘lmagan to‘lovlar. Soliq 
bo‘lmagan to‘lovlarga byudjet tizimi byudjetlariga kelib tushadigan soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlar bo‘lmagan to‘lovlar kiradi
89

Biriktirilgan daromadlar ko‘rsatkichining yuqori darajada bo‘lishi mahalliy 
byudjetning moliyaviy imkoniyatlarining oshishiga va ular daromadlari 
barqarorligini ta’minlashga yordam beradi. Tartibga soluvchi daromadlar ham o‘z 
navbatida ma’lum bir me’yorda mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari 
o‘rtasidagi balanslikni ta’minlashga yordam berib, ular ham mahalliy byudjetlar 
moliyaviy imkoniyatlarini oshishiga yordam beradi. 
O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 71-moddasiga muvofiq, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat 
budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan quyidagi xarajatlar amalga 
oshiriladi: 
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu 
jumladan: 

umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, maktabdan 
tashqari ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa 
yordamchi va uslubiy ta’lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari; 

bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonun 
hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, 
viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan 
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi yordamchi xizmatlar va 
maqsadli tadbirlar xarajatlari;

Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko‘p tarmoqli va 
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va 
dispanserlarni, tug‘ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo‘yish 
va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati va 
sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi 
instituti filialini, hududiy sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi 
boshqa davolash-profilaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlarni saqlab 
turish, shuningdek qonun hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining 
89
O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi” 3-modda. O‘RQHT, 2014-y., 36-son, 452-modda 


332 
shahar budjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to‘lash 
xarajatlari; 

qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini 
saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;

hududiy madaniyat va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi 
madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek 
madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish 
xarajatlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklari tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning internat-uylari, 
pansionatlari va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlarini, 
boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek aholini ijtimoiy 
muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; 

shahar yo‘lovchilar transporti tashuvchilarining yo‘lovchilarni va bagajni 
cheklangan tariflar bo‘yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni 
imtiyozli tashish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash 
xarajatlari; 
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan: 

qishloq xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, shu 
jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga 
haq to‘lash, shuningdek erlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish;

uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;

suv yo‘llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish; 

aholi punktlarini obodonlashtirish;

shaharlarning, boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini va xo‘jaliklararo 
qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, shuningdek ayrim tashkilotlar xarajatlari;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘rmon xo‘jaligini saqlab turish 
xarajatlari; 
3) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent 
shahar hokimliklari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni 
moliyalashtirish xarajatlari; 
4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan: 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab 
turish xarajatlari; 


333 
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat 
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamg‘armalarini 
shakllantirish xarajatlari; 
6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi 
munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zararning o‘rnini 
qoplash xarajatlari; 
7) Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat 
budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining mablag‘lari hisobidan 
moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning 
viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va 
shaharlar budjetlariga budjet ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va o‘tkazib 
beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ning 72-moddasiga muvofiq, 
tumanlar va shaharlar budjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi: 
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu 
jumladan: 

tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini uslubiy 
jihatdan ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi 
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim 
muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar 
budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar 
xarajatlari;

tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolash-
profilaktika muassasalarini hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati 
tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari; 

qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog‘lig‘ini 
saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari; 

tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari bo‘limlari tasarrufidagi 
madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek 
madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam 
ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan hamda to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar va 
moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam, 
uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda 
ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan 
pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; 
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:


334 

veterinariya laboratoriyalari va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish 
stantsiyalarini saqlab turish; 

shaharlarning va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini, shuningdek 
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;

uy-joy-kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;

aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo‘limlarini saqlab turish 
xarajatlari;
4) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari; 
5) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar 
budjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va 
tadbirlarning xarajatlari. 
Budjet resurslarini taqsimlashda jahon amaliyotida quyidagi mezonlar hamda 
ko‘rsatkichlar asos qilib olinadi
90


aholi jon boshiga kura budjet resurslarining taqsimlanishi; 

iqtisodiy potentsialdan foydalanish darajasiga qarab budjet resurslarining 
taqsimlanishi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin