Davlatiy moliya


-rasm. Mahalliy moliyaning vazifalari



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

17-rasm. Mahalliy moliyaning vazifalari
Mahalliy byudjetlar
,

Byudjet kodeksi”ga muvofiq, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar byudjetlari, viloyatlar byudjetlariga 
kiruvchi quyi (shahar, tuman) byudjetlarni o‘z ichiga oladi.
Ularning daromadlari va xarajatlari tarkibi, byudjet jarayoni va byudjet 
huquqi qonun bilan belgilangan. 
Mahalliy korxonalar moliyasi
– Mahalliy (munitsipal) mulkka asoslangan, 
mahalliy hokimiyat bo‘ysinuvidagi, uni tarkorxonalar moliyasi bo‘lib, ularga 
quyidagilar kiradi: 

uy-joy kommunal xo‘jaligi korxonalari 
Mahalliy moliya quyidagilarga xizmat 
qiladi 
Mahalliy ahamiyatdagi ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatish 
Hududdagi aholining zarur ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish 
Hududiy xo’jalik kompleksining uzoq muddatli taraqqiyotini ta’minlovchi 
soha va tarmoqlarga investitsiyalarni jalb qilish 
Aholi bandligining oshishini ta’minlash 


326 

obodonlashtirish korxonalari 

suv xo‘jaligi korxonalari 

gaz, elektr, issiqlik ta’minoti korxonalari va boshq. 
Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul 
mablag‘lari jamg‘armasi bo‘lib, ikki pog‘onali byudjet tizimining muhim bo‘g‘ini 
hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning 
funktsiyalarida namoyon bo‘ladi. Ular haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin: 

mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil 
etuvchi pul fondlarini shakllantirish; 

bu pul fondlarini hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar 
o‘rtasida qayta taqsimlash va ishlatish; 

mahalliy hokimiyatga bo‘ysinuvchi korxona, tashkilot va muassasalar 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazorat olib borish. 
Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad 
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo‘ljallangan 
xarajat yo‘nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjatdir. Mahalliy byudjetlar 
orqali mahalliy hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish moliyaviy 
manbalar bilan ta’minlab boriladi. Uzbekiston Respublikasi byudjet tizimining 
barcha daromadlari tarkibida maxalliy byudjetlar daromadlari o‘rtacha 42-46 
foizni tashkil qiladi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, byudjet tizimi bo‘yicha 
amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 54-55 foizi mahalliy byudjetlar hisobiga 
to‘g‘ri keladi. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining keyingi yillarda ildamroq o‘sib 
borishi ularning davlat byudjetidagi salmog‘ining ham oshib borishiga olib 
kelgan. Avvalgi yillarda asosan respublika byudjetidan moliyalashtirib kelingan 
kadrlar tayyorlash, hududiy ahamiyatdagi davlat kapital kuyilmalarini 
moliyalashtirish, 1994-yildan boshlab aholini ijtimoiy himoya qilish 
xarajatlarining keskin oshib borishi va bu turdagi xarajatlarni asosan mahalliy 
byudjetlar hisobidan moliyalashtirish davlat byudjetidan amalga oshiriladigan 
harajatlar tarkibida maxalliy byudjetlar salmog‘ining oshishiga olib keldi. 
Mahalliy byudjetlarga xos bo‘lgan xususiyatlarning namoyon bo‘lishi, 
ulardan milliy daromadni hududiy darajada taqsimlash va qayta taqsimlash hamda 
bu jarayonlarni nazorat qilish quroli sifatida foydalanish faqat inson faoliyati 
jarayonidagina mumkin bo‘ladi. Bu byudjet mexanizmida o‘z aksini topadi. 
Byudjet mexanizmi davlat byudjet siyosatini amalga oshirishning dastak va 
vositalari yig‘indisi bo‘lib, davlat tomonidan tashkil etiladi va byudjet 
munosabatlarini davlat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga 
yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Mahalliy byudjetlar darajasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat 
byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti e’tirof etiladi. 


327 
Ularning tarkibiga o‘z navbatida, mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishiga 
muvofiq ravishda quyi (shahar, tuman) byudjetlar kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 5-bob, 35-moddasiga 
muvofiq mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi byudjetlar tuzilmasiga quyidagi 
byudjetlar kiradi: 

viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byud-jeti, viloyatlar 
tarkibidagi tumanlar va shaharlar byudjetlari kiradi; 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga qarashli 
bo‘lgan tumanlar va shaharlarning byudjetlari kiradi; 

Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar 
tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi. 
Quyida keltirilgan 18-rasmda O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti 
tuzulishi o‘z ifodasini topgan. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin