Davlatiy moliya


-rasm. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

20-rasm. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar 
moliyaviy resurslari tarkibi
92 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va uning asosida 
chiqarilgan boshqa qonunlarga muvofiq davlatning moliyaviy faoliyati uning 
hokimiyat, boshqaruv hamda mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan amalga 
oshiriladi
93
. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa 
92
1993-yil 2-sentabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. O‘zbekiston 
Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son. 
93
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992-yil 8-dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
Viloyat, tuman, 
shaharning 
moliyaviy 
resurslari
Byudjetdan tashqari 
fondlar
Aniq maqsadga 
yo'naltirilgan 
fondlar
kredit resurslari
Mahlliy byudjet 
mablag'lari
Respublika byudjetidan 
subvensiyalar va dotatsiyalar


338 
qonunlarga muvofiq davlat idoralari tomonidan moliyaviy faoliyat davlat va 
jamiyat manfaatlariga xizmat qiluvchi bir qator tamoyillarga, aniq qoidalarga 
muvofiq ravishda olib boriladi. Bu tamoyillar moliya, kredit, soliq va bank 
sohasidagi qonunlarda belgilab qo‘yilgan. 
Mamlakatimizda yuridik va jismoniy shaxslardan undiriladigan mahalliy 
soliqlar orasida mol-mulk solig‘i ham o‘ziga xos o‘ringa egadir. Bu soliq 
xususiyatlari haqida gap ketganda avvalo mol-mulk tushunchasi, uning turlari, 
obyekti va subyektlari tarkibini tadqiq etish lozimdir.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra mol-mulk fuqarolik 
huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas va ko‘char mulkka bo‘linib, ko‘chmas 
mulk yer uchastkalari va yer osti boyliklari, ko‘p yillik daraxtlar, shuningdek, 
binolar va inshoatlardan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 53-moddasida “Bozor 
munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiyotning, O‘zbekiston 
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etadi. Davlat 
iste’molchilarning huquqiy ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat 
tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng 
huquqiyligini va huquqiy jihatdan barobar muhofaza etilishi kafolatlanadi. 
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi dahlsiz va davlat himoyasidadir”
94
deb belgilab qo‘yilgan. 
Shuni alohida qayd etish lozimki, bugungi kunda mamlkatimizda
byudjetlararo munosabatlarni amalga oshirishda mahalliy hokimliklarni 
boqimandalikdan chiqarish maqsadida byudjet dotatsiyasidan voz kechilgan. 
Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish 
va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish 
hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim 
shartlari hisoblanadi. 
Shu bilan birga, o‘rganishlar natijalari mazkur sohada bir maromda iqtisodiy 
o‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog‘lom raqobat 
muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar 
yig‘iluvchanligining zarur darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan bir qator 
tizimli muammolarni ko‘rsatdi. 
Ushbu muammolar hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2018-yil 29-iyunda “O‘zbekiston respublikasining soliq siyosatini 
takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-sonli Farmoni qabul 
qilindi. Farmonga ko‘ra quyidagi muammolarni hal qilish dolzarb masala qilib 
milliy bazasi, 16.10.2018-y., 03/18/498/2051-son. 
94
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992-yil 8-dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 16.10.2018-y., 03/18/498/2051-son. 


339 
belgilandi
95

-
umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar uchun soliq yuki darajasining 
yuqoriligi, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan 
tizimida soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi soliq 
yuki darajasidagi farqning sezilarliligi; 
-
qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishning samarasiz tizimi, soliq 
to‘lovchilarning aylanma mablag‘larini jalb qiladigan, shuningdek, iste’mol 
mahsulotining oraliq va yakuniy qiymati qimmatlashishiga olib keladigan hamda 
yirik va kichik biznes o‘rtasidagi kooperatsiyaning rivojlanishiga to‘sqinlik 
qiladigan majburiy to‘lovlarning mavjudligi; 
-
soliq to‘lovchilar tomonidan xodimlarning real sonini va mehnatga haq 
to‘lash fondini yashirishga olib keluvchi mehnatga haq to‘lash fondi soliq 
stavkalarining yuqoriligi; 
-
imtiyozlarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish bo‘yicha 
ta’sirchan tizimning mavjud emasligi sababli sog‘lom raqobatni ta’minlashga 
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni soliq va bojxona, shu 
jumladan individual xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar hisobiga qo‘llab-
quvvatlash amaliyotining keng tarqalganligi; 
-
o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarining sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va 
insofli tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashishlarni kamaytirishga 
to‘sqinlik qiluvchi nazorat faoliyatini amalga oshirishda xavf-xatarlarni tahlil 
qilish va boshqarishning aniq tizimi yo‘qligi; 
-
mahalliy soliq va yig‘imlarning ma’muriyatchiligi mexanizmlarining 
samarasizligi oqibatida ularning yig‘iluvchanlik darajasi yetarli emasligi, 
shuningdek, ko‘chmas mulk va yer uchastkalarini to‘liq hisobga olish va 
qiymatini obyektiv aniqlashning mavjud emasligi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyunda “Mahalliy 
byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining 
vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ PF-5075-son Farmoni 
qabul qilindi. Farmonga asosan aholining real daromadlari, turmush darajasi va 
sifatini oshirish maqsadida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqaror 
moliyalashtirilishini ta’minlash, markaz byudjetiga qaramlikni keskin 
kamaytirish, byudjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish orqali mahalliy 
byudjetlar mablag‘larini boshqarishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining 
mustaqil ish olib borishini kuchaytirish mamlakat byudjet siyosatining asosiy 
vazifalari etib belgilandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi “Mahalliy 
davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy 
byudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya 
95
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyunda “O‘zbekiston respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish 
konseptsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
30.06.2018-y., 06/18/5468/1420-son.
 


340 
organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida” 5283-sonli Farmoni qabul qilindi.
Ushbu farmonda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan 
mustahkamlash 
va 
nomarkazlashtirish 
asosida 
hududlarni 
kompleks 
rivojlantirishni barqaror moliyalashtirish, byudjetlararo munosabatlarni yanada 
takomillashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini 
kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga 
ko‘maklashish, yangi ish joylari yaratish hamda aholi bandligini ta’minlash, 
muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal 
rivojlantirish hisobiga soliq salohiyatini kengaytirish bo‘yicha aniq maqsadga 
yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularning mas’uliyatini 
oshirishni ta’minlash maqsadida quyidagilar belgilab qo‘yildi: 
1) quyidagilar mahalliy byudjetlar darajasida soliq-byudjet siyosatining 
ustuvor vazifalari etib belgilandi: 
-
mahalliy byudjetlarning daromadlarini oshirish uchun tizimli asosda 
qo‘shimcha rezervlarni aniqlab borish; 
-
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning aniq turlarini ularga biriktirib 
qo‘yish orqali mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlash; 
-
viloyatlar, shahar va tuman byudjetlarini subvensiyadan chiqarish, 
ularning yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga bo‘lgan qaramligini bosqichma-
bosqich qisqartirish, buning asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlari erkinligi va 
mas’uliyatini oshirish; 
-
deputatlik va jamoat nazoratini keng jalb qilgan holda, mahalliy 
byudjetlarni shakllantirishning shaffofligini va uning bajarilishi ustidan nazoratni 
ta’minlash; 
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengesida, viloyatlar, Toshkent 
shahri va respublika tumanlari (shaharlari) xalq deputatlari Kengashlari 
sessiyalarida shunday tartib o‘rnatildiki, unga muvofiq,: 
a) quyidagilar yil choraklari kesimida atroflicha ko‘rib chiqiladi va 
tasdiqlanadi: 
-
daromadlar manbalari va xarajatlar turlari kesimida, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi byudjeti, viloyatlar, Toshkent shahri va respublika tumanlarining 
(shaharlarining) mahalliy byudjetlari parametrlari; 
-
mahalliy byudjetlarning daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash 
bo‘yicha hisob-kitob ko‘rsatkichlari; 
-
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, byudjetning 
daromadlar bazasini oshirish va yangi ish joylari barpo etish bo‘yicha chora-
tadbirlar; 


341 
-
qo‘shimcha 
manbalar, shu jumladan, mahalliy byudjetlarning 
daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash hisobidan moliyalashtiriladigan 
xarajatlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari bilan bog‘lagan 
holda; 
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, 
shuningdek, respublikaning tegishli tumanlarida (shaharlarida) deputatlik va 
jamoat nazoratini amalga oshirish uchun yuqori turuvchi byudjetlar va davlatning 
maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan chora-
tadbirlar va loyihalar ma’qullanadi; 
c) har chorakda: 
-
hokimning iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha 
birinchi o‘rinbosarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini 
amalga oshirish, byudjetning daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o‘rinlari 
barpo etish bo‘yicha; 
-
hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga 
ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish masalalari 
bo‘yicha o‘rinbosarining investitsiyalar jalb qilish va investitsiya loyihalarini 
amalga oshirish bo‘yicha; 
-
moliya boshqarmalari (bo‘limlari) rahbarlarining Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlari (shaharlari) byudjetlari ijrosi 
to‘g‘risida, shuningdek, hududlarning salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy 
byudjetlarning daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish hamda 
qo‘shimcha manbalardan foydalanish yo‘nalishlari, jumladan, mahalliy 
byudjetlar daromadlarini oshirishning aniqlangan rezervlari to‘g‘risida; 
-
davlat soliq boshqarmasi (inspeksiyasi) rahbarining Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar daromadlari bajarilishi holati, ular 
tomonidan qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek, 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda 
to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida hisobotlari tinglanadi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2017-yil 
7-fevraldagi 
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli va 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliy 
byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining 
vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5075-sonli farmonlarini 
ijro etish yuzasidan, shuningdek mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini 
kengaytirish va yangi ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha 
mablag‘larni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi “Mahalliy byudjetlarning daromadlar 
bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari 


342 
to‘g‘risida”gi 445-sonli Qarori qilindi. Ushbu qaror biln uchta Nizom tasdiqlandi: 
1) moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari, shuningdek mahalliy 
ijro etuvchi hokimiyat organlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga 
tushumlarni ko‘paytirishga va soliq solinadigan bazani kengaytirishga 
yo‘naltirilgan ishlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini tartibga solish va 
o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom; 
2) tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat byudjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini 
ta’minlash va mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-
tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 
3) tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz 
bajarilishini ta’minlash va mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini 
kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi 
“O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 
prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet 
mo‘ljallari 
to‘g‘risida”gi 
PQ-4086-sonli 
Qarorini 
qabul 
qilinishi, 
mamlakatimizda birinchi marta o‘rta muddatli byudjetni prognozlashtirish 
bo‘yicha qilingan ishlarning debochasi bo‘ldi. Bu esa yurtimizda olib 
borilayotgan davlat moliyaviy siyosatini yangi bosqichga chiqqanligini 
ko‘rsatadi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin