15 aprelga qadar kelgusi
davr uchun davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini:
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti loyihasini tayyorlash
uchun — davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarga;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari loyihalarini tayyorlash uchun — Qoraqalpog’iston
Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat
soliq qo’mitasi, O‘zbekiston Respub-likasi Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa
vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda idoralardan Davlat byudjeti loyihasining
daromad qismi bo’yicha takliflar so’raydi.
Davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar, Qora-qalpog’iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat
maqsadli jamg’arma-larini taqsimlovchi organlar kelgusi davr uchun davlat
byudjeti so’rovini tuzish tartibini olgandan so’ng uch ish kuni ichida tegishli
davlat byudjeti so’rovlarini tuzish to’g’risida va ularni tayyorlash muddatlarini
belgilash haqida qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, vilo-yatlar va Toshkent
shahar hokimliklarining moliya boshqar-malari qarorlar qabul qilinganidan so’ng
uch ish kuni ichida kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini:
tegishli byudjetlar loyihalarini tayyorlash uchun — tuman va shahar
hokimlariga;
davlat byudjeti so’rovlarini tuzish uchun — Qora-qalpog’iston
Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va
Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti
tashkilotlari hamda davlat byudjeti mablag’lari oluvchi-larga yuboradi.
Tuman va shahar hokimlari kelgusi davr uchun davlat byudjeti so’rovini
tuzish tartibini olgandan so’ng