364
tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning davlat byudjeti
so’rovlari hamda tegishli tumanlar va shaharlar
byudjetlarining loyihalari,
shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan
moliyalashtiri-ladigan ayrim tadbirlar uchun xarajatlarning prognoz qilinayotgan
hajmi asosida ishlab chiqiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yo’l
qo’yilmaydi.
Davlat byudjetining loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan:
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi;
daromadlarning tashkil topish manbalari bo’yicha
Davlat byudjeti
daromadlari prognozi;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarning davlat byudjeti
so’rovlari va O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan ayrim
tadbirlar uchun xarajatlar hajmining prognozi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahrining mahalliy byudjetlari loyihalari asosida ishlab chiqiladi.
Davlat byudjetining loyihasida xarajatlar daromad-larning prognoz
qilinayotgan hajmidan kelib chiqib Davlat byudjeti
taqchilligining cheklangan
miqdori hisobga olingan, uni qoplash manbalari belgilangan holda nazarda
tutiladi.
Davlat byudjetining loyihasi:
Davlat byudjetining daromadlar manbalari bo’yicha daromadlari va
yo’nalishlar bo’yicha xarajatlari progno-zidan;
Davlat byudjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni qoplash
manbalaridan tarkib topadi.
Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab
chiqilgan davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining
loyihalari tushumlar
manbalari bo’yicha daromadlar va yo’nalishlar bo’yicha xarajatlar prognozidan
tarkib topadi.
Dostları ilə paylaş: