Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

ikki haftalik muddatda
xulosa taqdim etadi; 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga — O‘zbekiston Respublikasi Hisob 
palatasining xulosasi bilan joriy yilning 
15-oktyabridan
kechiktirmay kiritiladi. 
Davlat byudjeti loyihasini tuzishda: 

mamlakatning istiqboldagi iqtisodiy rivojlanishi; 

inflyatsiya darajasi; 

aholining bandlik darajasi; 

ijtimoiy qo’llab-quvvatlashdan foydalanayotgan aholi soni hisobga 
olinadi. 
Shuningdek, davlat byudjeti loyihasini tuzishda quyi-dagi turli usullardan 
foydalaniladi: 

iqtisodiy tahlil usuli – bu usuldan foydalangan holda o’tgan yilgi davlat 
byudjetiningbajarilish darajasi aniqlanadi va joriy yil uchun davlat byudjetining 
bajarilish darajasi o’rnatiladi, farqlarning sabablari aniqlanadi; 


366 

normativ usul – bu usulning asosida davlat tomonidan taqdim etilayotgan 
xizmatlarning birligiga to’g’ri keluvchi moliyaviy xarajatlarning normativi 
yotadi. Natural birlikni normativga ko’paytirib har bir bosh taqsimlovchi, 
taqsimlovchi va davlat byudjeti tashkiloti bo’yicha mablag’ xarajatlarining 
summasi aniqlanadi. 

ekstrapolyatsiya usuli – unga ko’ra oldingi yillarning hisobot 
ma’lumotlari dinamikasi asosida moliyaviy ko’rsatkichlar aniqlanadi va ular 
kelgusi yil uchun ekstrapolyatsiya qilinadi. 
3.
 
Davlat byudjetini muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash 
(qabul qilish) 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomo-nidan taqdim etilgan 
byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan 
ko’rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari navbatdagi 
yil uchun Davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini hamda 
soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo’nalishlarini qabul qiladi. 
Odatda, davlat byudjetining loyihasi Oliy Majlisning har bir palatasida (oldin 
quyi palata bo’lgan Qonunchilik palatasida va yuqori palata sanalgan Senatda) 
alohida-alohida muhokama qilinadi. 
Mamlakat parlamentining har bir palatasida davlat byudjeti masalalari bilan 
shug’ullanuvchi maxsus qo’mitalar va komissiyalar faoliyat ko’rsatadi. Ular davlat 
byudjeti loyihasining tegishli moddalarini atroflicha tahlil qiladilar, zarur hollarda 
o’zgartirishlarni taklif qiladilar va tushuntiruv xati bilan birgalikda davlat 
byudjetiningloyihasiga xulosa beradilar. 
Oliy Majlisning har bir palatasida davlat byudjeti loyihasi qabul qilinganidan 
so’ng, har ikki palata o’rtasida davlat byudjeti loyihasi bo’yicha 
kelishmovchiliklar mavjud bo’lmasa, mamlakat parlamentining davlat byudjeti 
to’g’risidagi umumiy qarori qabul qilinadi. Agar palatalar o’rtasida davlat byudjeti 
loyihasi bo’yicha kelishmovchiliklar vujudga kelsa, har ikki palataning vakillaridan 
iborat bo’lgan muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni bartaraf etishi kerak. 
Parlamentda davlat byudjeti loyihasini muhokama etish (ko’rib chiqish) da 
davlat byudjeti tashabbuskorligining mavjudligi muhim ahamiyatga egadir. Davlat 
byudjeti tashabbuskorligi deyilganda parlament a’zolarining hukumat tomonidan 
taqdim etilgan davlat byudjeti loyihasiga nisbatan o’zgartirishlar kiritish huquqi 
nazarda tutiladi
103

103
Masalan, ba’zi bir mamlakatlarda (Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqalarda) hukumat a’zosi bo’lmagan parlament a’zolari 
davlat byudjeti loyihasida ko’zda tutilgan xarajatlarni oshirish yoki yangi soliqlarni joriy etish bo’yicha takliflar kiritish 
huquqiga ega emas. Bunday tartibning o’rnatilganligi mamlakatdagi tez o’zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatga hukumatning 
ta’sir etish imkoniyatlarini kengaytiradi. AQShda esa Kongressning davlat byudjeti huquqi ancha kengdir. Parlament davlat 
byudjeti huquqining cheklanganligi yana shunda ko’rinadiki, qonunchilik hokimiyati byudjetni yaxlit hujjat sifatida qabul 
qilmasdan, faqat davlat byudjeti yo’llanmalari to’g’risida har yillik qarorlarni qabul qilish bilan cheklanadi. Bunda mamlakat 


367 
Davlat byudjeti
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 
tasdiqlanadi. Ular kuchga kirishi uchun mazkur masala bo’yicha O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinadi. 
Davlat byudjetiga muvofiq: 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asosiy mak-roiqtisodiy 
ko’rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlarini tasdiqlashga 
doir qaroriga muvofiq, qaror qabul qilingandan so’ng 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin