uch ish kuni ichida qabul qilinadi. Xalq deputatlari tumanlar va
shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq tumanlar va shaharlar hokimlari
tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari hamda xarajatlari hajmlarini
tasdiqlash bo’yicha
uch ish kuni ichida qarorlar qabul qiladi.
Davlat byudjeti qabul qilingandan so’ng uning mablag’lari byudjetdan mablag’
oluvchilarga o’rnatilgan tartibga muvofiq ravishda etkazilishi kerak. Unga ko’ra
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga
O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan beriladigan sub-ventsiyalar,
o’tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar
hajmlarini Qoraqal-pog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga —
uch ish kuni ichida ;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar va davlat maqsadli
jamg’armalarini taqsimlovchi organlar uchun belgilangan daromadlar va
xarajatlarning hajm-larini ularning e’tiboriga —
o’n ish kuni ichida etkazadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari tasdiqlangandan keyin Qoraqalpog’iston Respublikasi
Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya
boshqarmalari:
tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari va xarajatlari
hajmlarini, shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasining
respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent
shahrining shahar byudjetidan beriladigan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan
daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmlarini tumanlar va
shaharlar hokimliklari e’tiboriga —
uch ish kuni ichida;
Qoraqalpog’iston
Respublikasining
respublika
byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan
moliyalashtiri-ladigan davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti
mablag’lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan
ajratiladigan mablag’lar hajmlarini —