380
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli hisobot davri
uchun taqdim etilgan Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari
byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatlar
guruhlari va qo’mitalarida muhokama qilish asosida ko’rib chiqadi.
Tegishli hisobot davri uchun Davlat byudjetining
va davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining siyosiy partiyalar
fraktsiyalari, deputatlar guruhlari va qo’mitalarida ko’rib chiqilgandan so’ng
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida ko’rib
chiqiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori bilan tasdiqlanadi.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’ar-malari byudjetlarining ijrosi
to’g’risidagi yillik hisobot O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangandan so’ng hisobot yili uchun Davlat
byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi
axborot O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
rasmiy veb-saytiga
joylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: