Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

2.
 
Davlat krediti klassifikatsiyasi 
Byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun davlat boshqaruv organlari qarz 
mablag’larini, qarzlarni jalb qilishga majburdir.
Qarz mablag’larini, qarzlarni jalb qilish, odatda, qarz shartnomasi asosida 
amalga oshiriladi. Unga ko’ra, bir tomon (qarz beruvchi) ikkinchi tomonning 
(qarz oluvchining) mulkiga ma’lum belgilarga ega bo’lgan pul mablag’lari yoki 
boshqa buyumlarni beradi, qarz oluvchi esa shu summadagi pul mablag’lari (qarz 
summasi) yoki teng miqdor va sifatdagi buyumlarni qarz beruvchiga qaytarish 
majburiyatini oladi. Shartnoma bo’yicha qarz oluvchi davlat yoki uning subyektlari, 
qarz beruvchilar esa fuqarolar yoki yuridik shaxslar hi-soblanadi. Davlat qarzlari 
ixtiyoriy bo’lib, muomalaga chiqarilgan qarzlarning shartlarini o’zgartirishga yo’l 
qo’yilmaydi. 
Davlat krediti quyidagi bir necha belgilarga ko’ra klasssifikatsiya qilinadi: 
1)
emitentlar bo’yicha


markaziy boshqaruv organlari tomonidan joylashti-riladigan qarzlar; 

hududiy boshqaruv organlari tomonidan joylashti-riladigan qarzlar; 
2)
 joylashtirilish joyiga qarab


ichki qarzlar; 

tashqi qarzlar. 
3)
bozorda aylanishiga qarab


bozorli qarzlar; 

bozorsiz qarzlar.


386 
Bozorli qarzlar erkin sotiladi va sotib olinadi. Ular byudjet defitsitini 
moliyalashtirishda asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Bozorsiz qarzlar erkin ravishda 
o’z egalarini almashtirishi mumkin emas. Ular qimmatli qog’ozlar bozorida 
muomalada bo’lmaydi. Ma’lum bir investorlarni jalb qilish uchun bunday qarzlar 
davlat tomonidan chiqariladi va shu investorlarning o’ziga xos bo’lgan manfaatlariga 
mos keladi. Masalan, g’arb mamlakatlarida bozorsiz davlat obliga-tsiyalari davlat 
pensiya fondlari, sug’urta korxonalari va kichik investorlarning mablag’larini jalb 
qilish uchun chiqariladi. 
4)

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin