Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Deflyatsion siyosat.
Bu siyosat, ichki talabni kamaytirishga yo’naltirilgan 
holda, o’z ichiga byudjet mablag’larini aholi ehtiyojlariga kamroq sarflash, 


558 
baholarni va ish haqlarini muzlatish kabilarni qamrab oladi. Uning asosiy 
instrumentlaridan biri bo’lib, moliyaviy va pul-kredit choralari hisoblanadi: 
byudjet defitsitini kamaytirish, Markaziy bankning hisob stavkalarini o’zgartirishi 
(diskont siyosati); kredit cheklovlari; pul muassasining o’sib borishiga chegara 
qo’yish. Iqtisodiy pasayish, ishsizlikning yuqori ko’rsatkichi va to’la 
foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari sharoitida deflyatsiya siyosatini 
qo’llash, ishlab chiqarish va bandlikning yanada pasayishiga olib keladi. Bu esa, 
aholining turmush darajasiga sezilarli salbiy ta’sir ko’rsatib, vaziyatni yumshatish 
bo’yicha tezkor chora-tadbirlar qo’llanilmasa, ijtimoiy nizolar keltirib chiqarishi 
mumkin. 
Devalvatsiya.
Bu milliy valyuta kursining pasaytirilishidir. Bu tadbir milliy 
eksportni rag’batlantirish va importni jilovlash bilan bog’liq maqsadlarda amalga 
oshiriladi. Ammo, to’lov balansini tartibga solishda devalvatsiyaning roli, uni 
o’tkazish tartiblari va ularga hamkorlik qiluvchi mamlakatning umumiqtisodiy 
va moliyaviy siyosatiga bog’liq bo’ladi. Devalvatsiya faqatgina, raqobatbardosh 
tovarlarning eksport salohiyati va jahon bozoridagi qulay vaziyatlarning 
mavjudligi sharoitidagina tovarlar eksportini rag’batlantirishi mumkin. 
Devalvatsiyaning importni cheklashga ta’siri esa, mamlakatning importni 
cheklash bo’yicha keskin choralar qo’llash imkoniyatlarining pasayishidan kelib 
chiqadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, hamma mamlakatlarda ham 
import o’rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarish siyosati muvaffaqiyatli 
chiqavermaydi. 
Devalvatsiya importni cheklashi bilan, mamlakat ichida tovarlar ishlab 
chiqarish xarajatlari ortishiga, narxlarning ko’tarilishiga va oqibatda, tashqi 
bozorlarda raqobatbardoshlik qobiliyatining yo’qolishiga olib keladi. Shuning 
uchun, bu tadbir mamlakatga vaqtinchalik ustuvorlik berishi mumkin, ammo u 
to’lov balansining defitsitini keltirib chiqaruvchi sabablarni to’liq bartaraf etishga 
qodir emas. Kutilgan natijani olish uchun, devalvatsiya etarli darajada bo’lishi 
zarur. Aks holda, u valyuta spekulyatsiyasini kuchaytiradi va valyuta kursini 
qaytadan ko’rib chiqishga majbur qiladi. Masalan, 1967 yil noyabr oyida funt 
sterlingni 13,4 foizga devalvatsiyasi va 1971 yil dollarning 7,89 foizga 
devalvatsiya qilinishi, ushbu valyutalarga bo’lgan spekulyativ tazyiqni yo’q qila 
olmadi. Devalvatsiyani amalga oshirgan mamlakat, raqobatda o’zi kutgan 
ustuvorlikka ega bo’la olmasligi mumkin. Chunki, suzib yuruvchi kurs rejimining 
qo’llanilishi to’lov balansini muvozanatlashtirish imkonini bermasligi mumkin.

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin