684
Ilmiy loyiha mustaqil yozilib, uni yozish qoidalariga amal qilinsa,
darslik
bo’yicha savolga tayyorlanib kelib, seminar darslarda so’zga chiqishga qaraganda
katta foyda beradi. Talaba «Ilmiy loyiha»da bildirgan o’z fikrlarini himoya qila
olishi kerak.
Amaliyotda keng qo‘llaniladigan mustaqil ta’limning yana bir shakli
taqdimot
dir. Talabalar taqdimotni mustaqil ta’lim shakli sifatida seminar darslariga
tayyorlab kelishlari mumkin. Taqdimotni adabiyotlarni o‘rganib, tanlangan mavzuga
chuqur yondashib, o‘z kuzatishlarini ham ishlata bilgan holda tayyorlashlari kerak.
Taqdimot tayyorlash jarayonida talaba
adabiyotlar bilan ishlash, turli
manbalardan olgan materiallarini umumlashtirish va xulosa qilishga o‘rganadi.
Taqdimot tayyorlash uchun talaba, avvalo, fanni
nazariy jihatdan puxta
o‘zlashtirishi kerak.
Mustaqil ta’limnining yana bir shakli sifatida talabalarga mavzu doirasida test
tayyorlash hisoblanadi. Nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan test tizimining
ishlab chiqilishi talabalarning mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan ma’lum
tushunchalarni o‘zlashtirish, shuningdek, amaliy ko‘nikma
va malakalarni
shakllantira olganlik darajalarini aniq va xolis aniqlay olish imkonini beradi. Test
tizimini ishlab chiqishda testlarning izchil, uzviy hamda bir- birlari bilan uyg‘un
bo‘lishlariga ahamiyat berish zarurdir.
Mavzuga oid testlarni ishlab chiqishda zamonaviy talablardan kelib chiqib, uch
darajali testlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir (1-jadval).
Dostları ilə paylaş: