683
tayyorlanishlari lozim bo’ladi. Bunda talabalarda mustaqil fikrlash
va mustaqil
o’zlashtirishga ko’nikma hosil qilish imkoniyati yuzaga keladi.
Mustaqil ta’limni joriy etishning yana bir afzalligi shundan iboratki, bu
jarayon keyinchalik talabalarni ilmiy tadqiqot ishlarini
olib borishlariga zamin
yaratadi.
5.2. Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni va shakllari
Talabalarning mustaqil ta’lim uchun tanlagan mavzulari kelgusida
bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy
ishlari mavzulari bilan
uzviylikda bajarilishi maqsadga muvofiqdir. Mustaqil ta’limni tashkil etish
jarayonida talabalarga mavzu doirasida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, risola,
ilmiy maqola va jurnallardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, talabalar
mavzuni yoritishda me’yoriy huquqiy hujjatlarni o‘rganishga alohida ahamiyat
qaratishi lozim. Bunda O‘zbekiston
Respublikasi Qonunlari, Prezident
Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmunini
diqqat bilan o‘rganish tavsiya etiladi. Qonun hujjatlarini o‘rganishda axborot
tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet saytlari ma’lumotlaridan
samarali
foydalanish, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar,
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ularning rasmiy saytlaridan yangi
ma’lumotlarni olib foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: