785
Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok etadigan moliyaviy
resurslardan foydalanishning samaradorligi.
Asosiy kapitaldan samarali
foydalanishni baholashda XYS moliya-xo‘jalik faoliyatining natijaliligini ochib
beruvchi umumiy moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar. Ishlab chiqarishning
umumiy rentabelligi ko‘rsatkichi. Fond qaytimi va fond sig‘imi ko‘rsatkichlari.
Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi.
Aylanma kapitalning bir necha asosiy guruhlarga klassifikatsiya qilinishi.
Aylanma kapitalning funksiyalari va ularni amalga oshirish shakllari. Aylanma
kapitalning tarkibiy tuzilmasi. Aylanma kapitalning foydalanish samaradorligini
xarakterlovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar. Sof aylanma kapital.
Bozor
iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning samaradorligiga ta’sir
etuvchi omillar.
25-mavzu. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish
chiqimlari, foydasi va rentabelligi
XYSlarning xarajatlari:
mohiyati, tarkibi, klassifikatsiyalanishi va
samaradorligini baholash. “Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish
chiqimlari” tushunchalari. Ularning farqli jihatlari. Ishlab chiqarish
chiqimlarining guruhlanishi.
Aniq yoki amaldagi, haqiqatdagi chiqimlar. Aniq
bo‘lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo‘ldan boy berilgan, qo‘ldan chiqarilgan
imkoniyatlar chiqimlari. Iqtisodiy elementlariga ko‘ra xarajatlarni guruhlarga
ajratish va ularning tarkibi. Kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha
xarajatlarning
bo‘linishi. To‘g‘ri (bevosita) xarajatlar va egri (bilvosita) xarajatlarning o‘ziga
xos bo‘lgan xususiyatlari. Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab
xarajatlarning bo‘linishi. Chiqimlarni kamaytirishning asosiy yo‘llari.
Dostları ilə paylaş: