Davlatiy moliya


Risk to‘g‘risidagi fikrlarni umumlashtirilgan holda prof V.V.Kovalyov  quyidagicha ta’rif berib o‘tadi



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

 
Risk to‘g‘risidagi fikrlarni umumlashtirilgan holda prof V.V.Kovalyov 
quyidagicha ta’rif berib o‘tadi:
 
Risk bu moliyaviy yo‘qotish darajasini belgilab:
 
a)
qo‘yilgan maqsadga yetib bormaslik; 
b)
noaniqliq holatda natijani belgilash; 
c)
subyektiv holatda belgtlangan natijani baholash. 
Investitsiya faoliyati ma’lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. 
Bu sarflangan resurslardan investorlar ma’lum daromad, foyda olishni ko‘zlaydi. 
65
Гвезденко А.А. Основы страхования. - М.: Финансы и статистика, 1999.– С. 148. 
66
Севрук В.Т. Банковские риски. Москва: Дело, 1995. - С. 3 


236 
Mazkur foyda esa investorlarning xarajatlarini, inflyatsiya omilini, tadbirkorlik 
riskini qoplashi lozim. Ammo amaliyotda investorlar har doim ham kutilgan, 
rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. Buning asosiy sabablaridan biri - 
risklarning mavjudligidir.
Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr 
ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga olinadi. Noaniqlik esa 
bunday ehtimollik o‘tgan va kelasi davr ma’lumotlari yetishmasligi yoki to‘liq 
emasligi sababli subyektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga olinadi. Har qanday holda 
ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab 
va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma’lum 
emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo‘lishi mumkin. Chunki 
o‘tgan davr ma’lumotlari asosida faqat noma’lum kelajakda yuz berishi mumkin 
bo‘lib o‘tgan rivojlanish tendensiyasini aniqlash mumkin. 
Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo‘qotish va zararlarga 
bog‘liq bo‘lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash 
maqsadga muvofiqdir. 
Investitsion loyihalar kelajakka qaratilganligi sababli, ularni amalga oshirish 
natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday loyihalar kutilishi mumkin 
bo‘lgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak. 
Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo‘lgan oqibatlarga ega bo‘lgan 
hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb ataladi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin