Davlatiy moliya


Valyutalar kursi va vaqtda pul qiymati



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Valyutalar kursi va vaqtda pul qiymati. 
Faraz qilaylik, Siz 10 000 
dollarni yillik foiz stavkasi 10%ni tashkil qiladigan dollarli obligatsiyalarga yoki 
yillik foiz stavkasi 3%ni tashkil qiladigan ienadagi obligatsiyalarga 
qo’ymoqchisiz. Keyingi yilga investitsiyaning qaysi variantini tanlagan yaxshi va 
nima uchun?
Bu savolning javobi yil davomida dollarning ienaga nisbatan valyuta kursi 
qanchalik kuchli o’zgarishiga bog’liq. Faraz qilaylik, bugungi kunda ayirboshlash 
kursi 1 dollar uchun 100 ienani tashkil etadi. Demak, Sizning 10000 dollar bugun 
1000 000 ienaga teng. Agar Siz pullaringizni ienadagi obligatsiyalarga 
qo’ysangiz, u holda bir yildan keyin pullaringiz 1030 000 ienaga teng bo’ladi 
(ya’ni, 1,03 x 1 000 000 iena). Agar o’z kapitalingizni dollarli obligatsiyaga 
qo’ysangiz, pullaringiz 11 000 dollar (ya’ni, 1,1 x 10 000) bo’ladi. Xo’sh, bunday 
holatda qaysi omonat foydali? 
Agar dollarning ienaga nisbatan ayirboshlash kursi yil davomida 8 foizga 
tushib ketsa, 1 dollar uchun 92 ienani tashkil etadi. Ienadagi obligatsiyalar 
dollarda 11 196 dollar qiymatga ega bo’ladi (ya’ni 1030000/92). Bu esa dollarli 
obligatsiyalar baholangan 11 000 dollardan 196 dollarga ko’p. Ammo, boshqa 
tarafdan, agar dollar bir yilda faqat 6%ga tushsa, ayirboshlash kursi bir dollar 
uchun 94 ienani tashkil etadi. Ienadagi obligatsiyalarning dollardagi ekvivalenti 
10 957 dollarga tenglashadi (ya’ni 1030000/94). Bu esa dollarli obligatsiyalar 
baholangan 11000 dollardan 43 dollarga kam. 
Kelgusi ayirboshlash kursi qancha bo’lsa Sizga qaysi variantni tanlash 
baribir bo’ladi? Investitsiyangizning zararsizlik nuqtasini “0”ga tenglashtiradigan 
ayirboshlash kursini topish uchun 1030000 ienani 11000 dollarga bo’ling. 
Olingan natija – 1 dollar uchun 93,636 iena. Xullas, xulosa shunday: agar 
dollarning ienada ifodalangan qiymati yil davomida 6,364 foizdan ko’pga tushib 
ketsa, iena denominatsiyalangan obligatsiyalar investitsiya qilishning eng 
maqbul varianti bo’ladi.

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin