Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

axborot funksiyasi. 
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon xo‘jaligi 
rivojlanishining umumiy tendensiyalari hamda biror bir davlatning iqtisodiy 
holati to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin bo‘lgan axborot markazi rolini 
bajaradi. Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalar, 
yig‘ilishlar, tadqiqotlar natijalari bo‘yicha statistik materiallarni nashr etib boradi.
2)
maslahatchi funksiyasi
. Xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatlarning 
xukumatlariga valyutakredit va moliya siyosatini o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar 
beradi.
3)
tartibga solish funksiyasi
. Xalqaro moliya tashkilotlari xalqaro moliya 
munosabatlarini tartibga solish funksiyasini ham bajaradi. Jumladan, XVF to‘lov 
balansida muammolarga ega bo‘lgan mamlakatlarga vaqtinchalik moliyaviy 
yordam ko‘rsatadi. XVF mamlakatlarga milliy valyuta kursini bir maromda 


248 
saqlash uchun ham bir necha bor vaqtinchalik yordam ko‘rsatgan.
4)
bashorat qilish funksiyasi.
Xalqaro moliya tashkilotlari milliy va jahon 
iqtisodiyoti rivojlanishining bashoratini amalga oshiradi. Xalqaro moliya 
tashkilotlari universallik darajasi va maqsadlariga bog‘liq holda jahon 
ahamiyatiga ega bo‘lgan, mintaqaviy, shuningdek faoliyati jahon xo‘jaligining 
ma’lum bir sohasini qamrab oluvchi tashkilotlarga ajratiladi. Xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning asosiy shakllarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlarni 
tashkil etish g‘oyasi 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi ta’siri 
natijasida yuzaga keldi. Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotini 
rivojlantirish sohasidagi muayyan masalalarni hal etish uchun a’zo 
mamlakatlarning 13 moliyaviy resurslarini birlashtirish orqali tashkil etiladi. 
Ushbu masalalar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

xalqaro savdoni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, jahon 
iqtisodiyotini tartibga solish hamda barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta 
va fond bozoridagi operatsiyalar;

budjet defitsitini moliyalashtirish va davlat loyihalarini amalga oshirishga 
kreditlar – davlatlararo kreditlar;

xalqaro loyihalar (loyihada to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuningdek rezident tijorat 
tashkiloti orqali ishtirok etuvchi bir nechta mamlakatlar manfaatlariga daxldor 
bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;

xalqaro biznesga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga (masalan, infratuzilma 
loyihalari, informatsion texnologiyalar sohasidagi loyihalar, transport va 
kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va boshqalar) ichki loyihalar (bitta 
mamlakatning yoki rezidentning tijorat tashkiloti manfaatlariga bevosita daxldor 
bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;

fundamental ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va hayriya faoliyati 
(xalqaro yordam dasturlarini moliyalashtirish).
Xalqaro moliya tashkilotlari o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun 
investitsion loyihani fundamental o‘rganishdan global fond bozorlaridagi 
operatsiyalargacha risklarni boshqarish hamda moliyaviy va investitsion 
tahlilning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanadi. Xalqaro moliya 
tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan holda faoliyat yuritadi:

jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish maqsadida jahon 
hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish;

valyuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni amalga 
oshirish;

jahon valyuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va taktikasini 
hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.
Xalqaro 
moliya 
tashkilotlarida 
qatnashish 
darajasi 
va 
alohida 


249 
mamlakatlarning ta’siri ularning kapitaldagi bo‘nagining miqdori bilan 
aniqlanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatining samaradorligi muayyan 
darajada a’zo mamlakatlarning xukumati va davlat tashkilotlari va bilan 
bo‘ladigan o‘zaro munosabatga bog‘liq bo‘ladi. Shunday ekan xalqaro moliya 
tashkilotlarining investitsion faoliyati ko‘p hollarda yirik xalqaro loyihalar 
bo‘yicha risklarni boshqarish va sug‘urtalashni amalga oshiruvchi davlat 
tashkilotlari bilan yaqin xamkorlikni talab etadi. 
Bugungi kunda ko‘plab xalqaro moliyaviy tashkilotlar mavjud. Ularning 
vakolati turli davlat hukumatlari moliyaviy siyosatini muvofiq-lashtirishdan 
iborat. Bunday xalqaro moliyaviy tashkilotlar ichida eng muhimi Bazelda 
(Shveysariya) joylashgan Xalqaro hisob-kitoblar banki (BIS – Bank for 
International Settlements) hisoblanadi. Uning vazifasi barcha mamlakatlardagi 
bank qoidalarining maksimal o‘xshashligini ta’minlash-dan iborat. Undan 
tashqari, xalqaro moliya bozorida yana ikki xalqaro moliyaviy tashkilot faoliyat 
yuritadi. Ularning maqsadi – savdo va moliya faoliyatini rag‘batlantirishdan 
iborat. Bular: Xalqaro valyuta fondi (XVF) (IMF – International Monetary Rupd) 
va Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki, yoki Dunyo banki (International Bank 
for Reconstruction and Development, World bank). XVF unga a’zo bo‘lgan 
davlatlar iqtisodiy va moliyaviy sharoitlarining o‘zgarishini kuzatadi, texnik 
yordam ko‘rsatadi, xalqaro savdo va moliya operatsiyalari qoidalarini ishlab 
chiqadi, xalqaro iqtisodiyotning turli masalalari bo‘yicha maslahat beradi, ayrim 
a’zo davlatlar to‘lov balansini to‘g‘rilab olishlari uchun resurslar taqdim qiladi. 
Dunyo banki rivojlanayotgan davlatlarda turli investitsion loyiha-larni 
moliyalashtiradi. U rivojlangan davlatlarda obligatsiyalar sotuvi orqali kapitalni 
jalb etadi va shundan so‘ng uni muayyan mezonlarga javob beruvchi va biror-bir 
davlatning iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘nal-tirilgan loyihalarni amalga 
oshirish uchun qarzga beradi. 
Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vosita-chilar, 
firmalar va boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ular yordamida uy xo‘jaliklari, 
xususiy korxona va hukumat tashkilotlari o‘zlari qabul qilgan moliyaviy 
qarorlarini amalga oshiradilar. Moliyaviy tizim tarkibiga aksiyalar, obligatsiyalar 
va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar sotiluvchi bozorlar, shuningdek, banklar va 
sug‘urta korxonalari kabi moliyaviy vositachilar kiradi.
 
Pul mablag‘lari moliyaviy tizim tuzilmasining turli elementlari orqali 
ortiqcha moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lgan korxonalardan mablag‘ 
yetishmaydigan korxonalarga oqib o‘tadi. Ko‘pgina hollarda moliyaviy oqim 
moliyaviy vositachilar orqali o‘tadi.
Moliyaviy tizim olti asosiy funksiyani bajaradi: 

iqtisodiy resurslarning vaqt oralig‘ida, davlat chegaralari orqali va 


250 
iqtisodiyotning bir sohasidan boshqasiga ko‘chirish; 

riskni boshqarish; 

savdoga imkon beruvchi kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish; 

turli korxonalardagi egaliklarni bo‘lish va moliyaviy resurslarni qo‘shish; 

iqtisodiyotning turli sohalarida markazlashtirilmagan qaror qabul qilish 
jarayonini muvofiqlashtirishga imkon beruvchi narx (baho) ma’lu-moti bilan 
ta’minlash; 

stimullashtirish

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin