Davlatiy moliya


muammolarini hal etish usullarini ta’minlash



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

 muammolarini hal etish usullarini ta’minlash.
Bu muammolar bitim ishtirokchilaridan biri ega bo‘lgan ma’lumotga 
boshqasi ega bo‘lmaganda yoki qatnashchilardan biri ikkinchisining nomidan 
agent sifatida harakat qilgan hollarda yuzaga keladi. 
Yuqorida 
sanalgan 
moliyaviy 
funksiyalarni 
bajarish 
usullarining 
takomillashuviga olib keladigan raqobat moliya sohasida har qanday 
innovatsiyaning yuzaga kelishi uchun asosiy turtki beruvchi omil bo‘lib xizmat 
qiladi. 
Fond bozorlarida quyidagi moliyaviy aktivlarning asosiy turlari bilan savdo 
qilinadi: q
arz majburiyatlari, aksiyalar va hosilaviy qimmatli qog‘ozlar.

qarz vositalari pulni qarzga oluvchi barcha firmalar, hukumat va uy 
xo‘jaliklari tomonidan chiqariladi. Aksiyalar – bu firma egalarining uning 
aktivlarining bir qismiga egaligi to‘g‘risidagi talabidir. 

hosilaviy qimmatli qog‘ozlar – bu qiymati boshqa aktivlar narxlari bilan 
bog‘liq ravishda o‘rnatiladigan opsionlar va fyuchers shartnomalari kabi 
moliyaviy instrumentlardir

Foiz stavkasi deb qarzga olingan mablag‘lar bo‘yicha va’da qilingan 
daromadlilik stavkasiga aytiladi. Qarzlarning turi qancha bo‘lsa, foiz 
stavkalarining turlari ham shuncha bo‘ladi. Foiz stavkasining miqdori hisob-kitob 
pul birligi, to‘lov qatori (navbati) va kredit instrumenti (defolt riski) bo‘yicha 
bitim shartlarining bajarilmasligi ehtimoliga bog‘liq. Nominal foiz stavkasi aniq 
pul birliklarida ifodalanadi; daromadlilikning real stavkasini aniqlash uchun 
vosita sifatida ma’lum bir standartlashtirilgan iste’mol savatidan foydalaniladi. 
Muayyan (qayd qilingan)
nominal foiz stavkalari bo‘yicha taklif etiladigan 
obligatsiyalar daromadlilik real stavkasining noaniq ko‘rsat-kichiga ega. 
Inflyatsiyani hisobga olgan holda indekslangan hamda muayyan real stavkalarini 
taklif etuvchi obligatsiyalar daromadlilik nominal
stavkasining noaniq 
ko‘rsatkichi bilan tavsiflanadi. 
Bozor iqtisodiyotida daromadlilik stavkasi darajasiga to‘rt asosiy omil ta’sir 
etadi: 


251 

ishlab chiqarish vositalari samaradorligi
– shaxta, to‘g‘on, yo‘l, ko‘prik, 
zavod, mashina va tovar-material zahiralariga sarflangan mablag‘-dan 
kutilayotgan daromadlilik stavkalari; 

ishlab chiqarish vositalari samaradorligiga nisbatan 
noaniqlik darajasi; 

insonlarning vaqtinchalik afzal ko‘rishlari – 
insonlarning kelajakda emas, 
aynan bugun tovarlar va xizmatlarni iste’mol qilishni qanchalik afzal ko‘rishlari; 

riskni yoqtirmaslik – investitsiya riskini qisqartirish maqsadida 
daromadlilikni oshirishdan voz kechishga rozi insonlar soni. 
Asosiy funksiyasi mijozlarni ular moliya bozorida bevosita opera-
tsiyalaridan olishlari mumkin bo‘lgan moliyaviy mahsulotlar va xizmatlarga 
nisbatan yuqori samarali moliyaviy mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlashdan 
iborat firmalarga moliyaviy vositachilar deyiladi. Moliyaviy vositachilarning 
asosiy turlari ichida banklar, investitsiya va sug‘urta korxonalarini keltirish 
mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlari: chek hisobvaraqlari, kreditlar, 
ipotekalar, o‘zaro jamg‘armalarning qimmatli qog‘ozlari va sug‘urta 
shartnomalarining keng diapazoni kabilarni o‘z ichiga oladi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin