246
yugurishadi va birinchi bo‘lib navbatga turishga va imkon qadar tezroq o‘z
pullarini qaytarib olishga urinishadi.
Bu kabi holat bankni o‘z riskli aktivlarining
bir qismini pulga sotishga
majbur qiladi. Agar omonatlarni ta’minlovchi aktivlar nolikvid bo‘lsa, ularni
tezroq sotish zaruriyati bankka bu aktivlarni o‘z narxidan past narxlarda sotishga
to‘g‘ri kelishini bildiradi. Agar qaysidir bankda omonatchilar bilan hisob-kitob
qilish uchun mablag‘
yetishmasa, “yuqtirish riski” paydo bo‘ladi va yuqorida
keltirilgan holat boshqa muassasalarda ham takrorlanishi mumkin.
Biroq
“yuqtirish” muammosi “naqdga yopishish” deb ataladigan holatda, ya’ni odamlar
hech bir bankda omonatlarini qoldirmasdan, ularni naqd pul ko‘rinishida ushlab
turishga harakat qilishgan taqdirda umumiy moliyaviy tizimga xavf solishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: