247
xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal etishga ehtiyoj
sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan
talab yanada ortib
bordi. Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki,
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki,
Xalqaro hisob-kitoblar banki, Osiyo,
Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi. Xalqaro
moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo‘jaligining barqarorligiga erishishga
hamda valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga
yordam beradi. Eng avvalo, bunga bo‘lgan zaruriyat davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro
aloqalar ko‘lamining ortib borishi
shuningdek, ularning o‘zgaruvchan
xususiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Shuningdek
ular mamlakatlar va
davlatlar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etish uchun forum sifatida xizmat qilishga
ham yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, jahon xo‘jaligining muhim muammolari
bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni
umumlashtirish, tahlil etish hamda o‘rganish sohasida xalqaro
valyuta-moliya tashkilotlarning ahamiyati ortib bormoqda.
Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliyatining
rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan:
-xo‘jalik hayoti baynalmilallashuvining kuchayishi, shuningdek, milliy
chegaralardan tashqariga chiquvchi transmilliy korxonalar va transmilliy
banklarning tashkil topishi;
-jahon xo‘jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga
bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi;
-jahon valyuta tizimi, xalqaro valyuta-kredit, qimmatbaho qog‘ozlar va oltin
bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni
hamkorlikda hal qilish
zaruriyatining ortib borishi.
Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan bajariladigan
asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi:
1)
Dostları ilə paylaş: