Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Davlatning 
byudjetdan 
tashqari 
jamg’armalarining 
moliyaviy 
munosabatlari. 
Alohida mamlakatlarda Davlat byudjetidan tashqari Davlat 
jamg’armalarining mavjudligi fond ichida, fondlararo va moliya tizimining boshqa 
bo’g’inlari o’rtasida ko’p qirrali moliyaviy munosabatlarni amalga oshirishni 
taqozo etadi. Amaliyotdagi bunday moliyaviy munosabatlar bir tomonlama, ikki 
tomonlama va ko’p tomonlama bo’lishi mumkin. 
Bir tomonlama moliyaviy munosabatlar.
Bunday munosabatlar, odatda, 
jamg’armaning daromadlarini shakllantirishda yoki uning xarajatlarini amalga 


300 
oshirishda namoyon bo’ladi. Masalan, ko’pchilik mamlakatlarda valyuta 
fondining tashkil etish manbai markazlashtirilgan byudjet mablag’laridan 
qaytarib berilmaydigan subsidiya shaklidagi resurslar hisoblanadi. Bir tomonlama 
moliyaviy aloqalar fond daromadining bir qismini moliya tizimining boshqa 
bo’g’iniga dotatsiya yoki subsidiya sifatida o’tkazganda ham vujudga keladi. 
Masalan, AQShda tashkil etilgan Yo’l jamg’armasi maxsus soliqlar hisobiga tashkil 
etiladi, ammo daromadlar xarajatlardan ortiq bo’lgan davrlarda Federal byudjetga 
zayom shaklida taqdim etiladi.
Ikki tomonlama moliyaviy munosabatlar. 
Bunday munosabatlar 
amaliyotda moliyaviy resurslarning oqimi fondlararo va moliya tizimining boshqa 
bo’g’inlari o’rtasida sodir bo’ladi. Masalan, Pensiya jamg’armasi nafaqat maxsus 
ajratmalar hisobiga tashkil etiladi, balki hozirgi davrda respublika byudjetidan 
olinayotgan subsidiya (transfertlar) hisobidan ham qisman shakllanadi. Bir 
vaqtning o’zida, agar fond daromadida aktiv saldo vujudga kelsa, u ortiqcha 
moliyaviy resurslar hisobiga qisqa muddatli davlat g’aznachilik qimmatli qog’ozlarini 
xarid qilib, byudjet defitsitini kamaytirishi yoxud Davlat byudjetga kreditor sifatida 
ham namoyon bo’lishi mumkin. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin