Davlatiy moliya


Ko’p tomonlama moliyaviy munosabatlar



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Ko’p tomonlama moliyaviy munosabatlar.
Bunda bitta davlatning 
byudjetdan tashqari jamg’armasi bir vaqtning o’zida bir nechta fondlar hamda 
moliya tizimining boshqa bo’g’inlari bilan o’zaro aloqada bo’ladi. Ya’ni, pul 
mablag’lari turli xil va rang-barang yo’nalishlarda harakat va oqimda bo’ladi. 
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari bir qator vazifalarni bajaradi. 
Ularning ko’lami keng, ammo asosiylari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 

iqtisodiyotning ustuvor sohalarini qo’shimcha moliyaviy resurslar bilan 
ta’minlash (ekologiya fondlari, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari va 
boshqalar); 

turli maxsus jamg’armalar ko’magida aholiga ijtimoiy xizmatlar 
ko’lamini kengaytirish. 
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari bevosita davlat ixtiyorida 
bo’lsa-da, alohida shaklda faoliyat yuritadi va davlat tomonidan moliyaviy 
resurslarini daf’atan olib qo’yishga ruxsat berilmaydi. Ularning Davlat byudjeti 
va unga tenglashtirilganlardan farqli tomoni shundaki, bu fondlarning moliyaviy 
resurslaridan foydalanish 
qat’iy maqsadli
xususiyatga ega. Maqsadga 
erishgandan keyin daromad olish maqsadida boshqa tijorat obyektlariga muddatli 
investitsiya qilish ham mumkin. 
Amaliyotda har bir Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armasining 
moliyaviy manbalari har xil bo’ladi. Lekin shartli ravishda ularning quyidagi 
guruhlardan tashkil topishi jahon tajribasida namoyon bo’ladi: 


301 

mos ravishdagi fondlar uchun davlat tomondan o’rnatilgan maxsus 
maqsadli soliqlar, yig’imlar va ajratmalar; 

xo’jalik subyektlarining iqtisodiy-moliyaviy samarasidan ajratmalar; 

Davlat byudjeti mablag’lari; 

fondlarni yuridik shaxs sifatida tijorat faoliyati(moliya bozori)dan olgan 
foydalari; 

tijorat banklarining kredit resurslari. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin