319
Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash qarori bilan tasdiqlanadigan
ro’yxatga kiritilgan vakolatli banklarning (keyingi o’rinlarda — tijorat banklari)
buyurtmanomalariga binoan — muddatli, to’lovli va qaytarish asosida kreditlar
berish va kredit liniyalarini ochish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bo’yicha
ayrim
investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini
ishlab chiqish uchun Iqtisodiyot vazirligi buyurtmanomalariga binoan — grantlar
yoki foizsiz kreditlar berish (yiliga Jamg’armaning o’tgan yildagi foydasining 5
foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
bilan kelishilgan tijorat
banklari va qarz oluvchining buyurtmanomalari bo’yicha hamda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida — Davlat byudjeti mablag’lari
hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;
tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarning ta’sis hujjatlariga va ularni
tashkil etish to’g’risidagi Hukumat qarorlariga muvofiq — yangi tashkil
etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning
bazaviy tarmoqlarida
xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo’lgan
korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish (korxona yoki tashkilot ustav
kapitali (fondi)ning 25 foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda).
Shuningdek, Jamg’arma mablag’lari quyidagilarga ishlatilishi mumkin:
Moliya vazirligining buyurtmanomalari bo’yicha va tegishli O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan — davlatning tashqi qarzlari bo’yicha
xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni
muddatidan oldin to’lash;
tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti qarorlari bo’yicha — yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika
va uskunalar hamda strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlarni xarid qilish
uchun imtiyozli kreditlar berish.
Dostları ilə paylaş: