320
yoqilg’i-energetika kompleksi,
kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli
metallurgiya tarmoqlarini texnik jihatdan qayta qurollantirishga hamda ishlab
chiqarish
sur’at
va
hajmlarini
oshirishga
yo’naltirilgan
loyihalar
moliyalashtirilishini ta’minlash;
yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya
qilish uchun muhim ustuvor
ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, eksportga
mo’ljallangan va import o’rnini bosadigan ishlab
chiqarishlar uchun xorijiy
texnologiyalar va uskunalarni sotib olishga mablag’larni maqsadli yo’naltirgan
holda respublikaning tijorat banklariga Jamg’armani boshqarish bo’yicha
Kengash qarori bilan belgilangan tartibda kredit liniyalarini ochish.
birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan hududlarda
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzulmasini shakllantirish bo’yicha
ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari
va loyihalarning amalga
oshirilishini moliyalashtirish;
kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab
chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish
va tiklash loyihalarini imtiyozli asosda, shu jumladan keyinchalik Davlat byudjeti
mablag’lari hisobidan qoplash yo’li bilan moliyalashtirish;
respublikaning xalqaro kommunikatsiyalar tarmog’iga integratsiyalashuvi
uchun
shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro transport yo’laklari va jahon
bozorlariga eng qisqa yo’l bilan chiqishni ta’minlaydigan transport hamda
telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiyalash
va rivojlantirishni
moliyalashtirish;
davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy
kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lashni moliyalashtirish;
xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning kredit
muassasalari bilan loyihalarning qo’shma moliyalashtirilishini tashkil etishni
ta’minlash.
Yuklatilgan vazifalardan
kelib chiqqan holda
Dostları ilə paylaş: