Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

4.
 
Uy xo’jaliklari xarajatlari 
Uy xo’jaliklari tomonidan iste’molga, majburiy to’lovlarni amalga 
oshirishga va jamg’arishga yo’naltiri-ladigan pul mablag’lari uy xo’jaliklari 
byudjetlarining xarajatlar qismini tashkil etib, ularning xarajatlari deyiladi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda uy xo’jaliklarining xarajatlari quyidagi omillar bo’yicha 
tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi): 

davriylik nuqtai-nazaridan; 

xarajatlarning turlari bo’yicha; 

xarajatlarning funktsional mo’ljallanganlikka bog’liq-ligiga ko’ra; 

majburiylik darajasi bo’yicha; 

to’lovlarning avtonomlilik xarakteriga ko’ra; 

iste’mol va jamg’arishga yo’naltirilayotgan real pul xarajatlarining turlari 
bo’yicha. 
Davriylik nuqtai-nazaridan uy xo’jaliklarining xara-jatlari quyidagilarga 
bo’linadi: 

qisqa muddatli xarajatlar; 

o’rta muddatli xarajatlar; 

uzoq muddatli xarajatlar. 


497 
Xarajatlarning turlari bo’yicha uy xo’jaliklarining xarajatlari quyidagilardan 
tarkib topadi: 

joriy xarajatlar; 

kapital xarajatlar. 
Uy xo’jaliklarining xarajatlari funktsional mo’ljal-langanligiga ko’ra 
quyidagilardan iborat: 

shaxsiy iste’mol xarajatlari; 

soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar; 

pul to’planmalari va jamg’armalar. 
Avtonomlilik xarakteriga ko’ra uy xo’jaliklarining xarajatlari ikkiga 
bo’linadi: 

daromadlarning hajmiga bog’liq bo’lmagan va hayotiy minimum 
darajasiga rasman muvofiq keluvchi avtonom (qat’iy) xarajatlar; 

daromadlarning dinamikasiga bog’liq bo’lgan elastik xarajatlar. 
Ayrim hollarda uy xo’jaliklari xarajatlarining ana shunday tasniflanishi 
(klassifikatsiya qilinishi) doirasida kam elastikli xarajatlar alohida guruhga 
ajratiladi va uning tarkibiga uy-joy kommunal xizmatlari va transport chiqimlarini 
to’lash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiri-tiladi. 
Real pul xarajatlarining turlari bo’yicha ham uy xo’jaliklarining xarajatlari 
ikki guruhdan tashkil topadi: 

iste’molga yo’naltirilgan xarajatlar; 

jamg’arishga yo’naltirilgan xarajatlar 
Uy xo’jaliklarining iste’molga yo’naltirilgan xarajat-lari (iste’mol 
xarajatlari) ular tomonidan yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga sarf 
qilinadigan ega bo’lingan daromadning bir qismidan iborat. Iste’mol 
xarajatlarining miqdori quyidagilarga bog’liq: 

ega bo’lingan daromadga; 

baholar darajasiga; 

iste’molchilarning mol-mulklariga; 

real foiz stavkalariga; 

iste’mol bo’yicha qarzdorlikning miqdoriga; 

iste’molchilarning soliqqa tortilish darajasiga. 
Uy xo’jaliklari byudjetlaridagi iste’mol xarajatlari subyektiv omillarga ham 
ta’sirchan bo’lib, ularning orasi-dan quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish 
mumkin: 

iste’mol qilishga bo’lgan intilishning chegarasi; 

baholarning o’zgarishiga nisbatan iste’molchilarning kutuvchanligi; 

pul daromadlari; 


498 

soliqlar; 

tovarlarning mavjudligi; 

va boshqalar. 
Makroiqtisodiy nuqtai-nazardan uy xo’jaliklari byud-jetlarining iste’mol 
xarajatlari ikki eng muhim xususiyatga ega: 

birinchidan, iste’mol xarajatlari yalpi mahsulot doiraviy aylanishi 
modelida yalpi talab va yalpi xarajatlarni tashkil qilishning eng katta qismi 
hisoblanadi; 

ikkinchidan, uy xo’jaliklari byudjetlarining iste’mol xarajatlari qisqa 
muddatli davrda bandlik va investitsiyalar darajasini tartibga solish orqali ta’sir 
etish mumkin bo’lgan yalpi talabning nisbatan barqaror tarkib toptiruvchisidir. 
Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlari tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va 
dinamikasini tahlil qilish, odatda, aholining daromadlari va xarajatlari balansi 
asosida amalga oshiriladi. Bu balansning eng umumiy ko’rinishi quyidagicha 
bo’lishi mumkin: 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin