Davlatiy moliya


-jadval  Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

20-jadval 
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi 
Daromadlar 
Xarajatlar va jamg’armalar 
1. Mehnatga haq to’lash 
2. Mehnat haqidan boshqa korxona va 
tashkilotlardan 
olinadigan 
yollanma 
ishchilarning daromadlari 
3. Dividendlar 
4. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
sotishdan olinadigan tushumlar 
5. Pensiya va nafaqalar 
6. Stipendiyalar 
7. 
Moliyaviy 
tizimdan 
olinadigan 
tushumlar 
(sug’urta 
qoplamalari, 
omonatlarning foizlari, lotereya yutuqlari va 
boshqalar.) 
8. Xorijiy valyutani sotishdan kelgan 
aholining daromadlari 
9. Boshqa tushumlar 
a)
komission 
magazinlar 
orqali 
buyumlarni sotish; 
b)
chiqindi 
ashyo, 
metallom 
va 
boshqalarni sotish. 
10.O‘tkazmalar bo’yicha olingan 
pullar 
1. Tovarlarni sotib olish va 
xizmatlarni to’lash 
2. Majburiy to’lovlar va 
ixtiyoriy badallar: 
c)
soliqlar va yig’imlar; 
d)
sug’urta bo’yicha to’lovlar; 
e)
jamoatchilik va kooperativ tashki-
lotlarga badallar; 
f)
ssudalarni qaytarish; 
g)
lotereya chiptalarini sotib olish; 
h)
tovar krediti uchun foizlar; 
i)
pensiya fondlariga sug’urta badallari. 
3. Omonatlar va qimmatli qog’ozlardagi 
jamg’armalarning o’sishi 
4. Uy-joy binolarini sotib olish 
5. Xorijiy valyutani sotib olish bo’yicha 
aholi xarajatlari 
6. O‘tkazmalar bo’yicha jo’natilgan pullar 
Jami pul daromadlari 
Jami pul xarajatlari va jamg’armalar 
Xarajatlarning daromadlardan 
oshishi 
Daromadlarning xarajatlardan oshishi 
Balans 
Balans 


499 
Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlari hisobidan tovarlarni sotib olish va 
xizmatlarni to’lash (iste’mol xarajatlari) o’z ichiga quyidagilarni oladi: 

uy-joy va kommunal xizmatlarni, maishiy xizmatlarni, maorif tizimi 
xizmatlarini to’lash; 

dam olish uylari, sanatoriylar, turistik yo’llanmalar xarajatlari va tibbiy 
xizmatlarni to’lash; 

kino, teatr va boshqa tomoshalar xarajatlari; 

passajir transportining barcha turlarini to’lash xara-jatlari; 

aloqa xizmatlarini to’lash; 

qolgan boshqa xizmatlarni to’lash. 
Majburiy to’lovlar va ixtiyoriy badallar uy xo’ja-liklari byudjetlari 
xarajatlarining muhim elementi hisoblanadi. Bu xarajatlar, hozirgi sharoitda, 
o’sish tendensiyasiga ega bo’lib, ular quyidagi omillar bilan bog’langan: 

birinchidan, aholi tadbirkorlik tashabbusining kenga-yishi yakka 
tartibdagi tadbirkorlarning xo’jalik va savdo faoliyatidan olinadigan 
(undiriladigan) soliq, boshqa majburiy to’lovlar va yig’imlarning ham ko’payishi 
bilan kuzatilmoqda; 

ikkinchidan, sug’urta tizimining rivojlanishi, notijo-rat sektorning o’sishi 
(masalan, turli jamoatchilik tashki-lotlari, birlashmalari va ittifoqlari), bir tomon-
dan, sug’urta bo’yicha badallarni oshirsa, ikkinchi tomondan, notijorat 
tashkilotlarga ajratmalarni ko’paytiradi; 

uchinchidan, iste’mol va ipoteka kreditining rivoj-lanishi uy xo’jaliklari 
byudjetlarining xarajatlarida “ssudalarni qaytarish” va “tovar krediti bo’yicha 
foizlar” moddalarining oshirilishiga olib keladi.
Sug’urta bozorining intensiv rivojlanishi, bank xiz-matlari amaliyotida
iste’mol krediti va u bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarning kengayishi natijasida 
kelajakda uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlarining bu yo’nalishlari faqat o’sish 
tendentsiyasiga ega bo’lishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy bozorning 
rivojlanishi va pensiya tizimining isloh qilinishi uy xo’jaliklari byudjetlarida 
“pensiya fondiga sug’urta badallari” xarajatlar moddasi-ning ham o’sishiga olib 
keladi. 
Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlar qismining majburiy to’lovlarida soliqlar 
va yig’imlar kattagina hissani tashkil etadi. Uy xo’jaliklari daromadlarining 
soliqqa tortilishi ular real daromadlarini qisqartiradi. Shunday bo’lishiga 
qaramasdan, davlat moliyasining taqsim-lash funksiyasi doirasida jismoniy 
shaxslarning daromadlari va mulkidan olinadigan soliqlar muhim vazifalarni 
yechishga xizmat qiladi. Birinchidan, bu soliqlar mamlakat byudjet tizimining 


500 
turli byudjetlari darajalarida daromadlarning etarli tushishini ta’minlaydi. 
Ikkinchidan, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqlar
daromadlardan ratsional foydalanishni rag’batlanti-rish va ularni shakllantirish 
yo’llari bilan uy xo’jaliklari byudjetlarining tarkibiy tuzilmasiga o’z ta’sirini 
ko’rsa-tadi. Uchinchidan, soliqlar vositasida daromadlarning bir qismi jamiyat va 
uy xo’jaliklarining sotsial muammolarini yechish uchun qayta taqsimlanadi. 
Amaldagi qonunchilikka muvofiq mamlakat fuqarolari daromadlaridan, 
mol-mulkidan (shu jumladan, yer solig’i va yer uchun ijara haqi) soliqlar, boshqa 
majburiy to’lovlar va yig’imlar (masalan, ma’muriy jarimalar, jismoniy shaxs-
lardan olinadigan xilma-xil mahalliy yig’imlar) va davlat bojlarini to’laydi. Bir 
vaqtning o’zida, uy xo’jaliklarining real daromadlariga, aholi daromadlari va 
xarajatla-rining balansida majburiy to’lovlar sifatida hisobga olinmaydigan egri 
(bilvosita) soliqlar ham o’zining ta’sirini ko’rsatadi. Chunki bu soliqlar (aksizlar, 
qo’shilgan qiymat solig’i, bojxona bojlari va boshqalar) tovar bahosining 
tarkibida bo’lib, ular tovar sotib olinayotganda to’lanadi. Tovarlar bahosining 
darajasini faqat egri (bilvosita) soliqlar oshirib qolmasdan, balki ayrim to’g’ri 
(bevosita) soliqlar (yagona ijtimoiy soliq, korxonalarning foydasidan olinadigan 
soliq, tashkilotlarning mol-mulkidan olinadigan soliq va boshqalar) ham 
oshiradiki, ular ham qisman yoki to’liq tovarlar bahosi orqali kompen-satsiya 
qilinadi. 
Aholi daromadlari va xarajatlari balansi xara-jatlar qismining boshqa 
moddalari (“omonatlar va qimmatli qog’ozlardagi jamg’armalarning o’sishi”, 
“xorijiy valyutalarni sotib olish bo’yicha aholi xarajatlari” va boshqalar) 
jamg’arish jarayoni doirasida uy xo’jaliklarining moliyaviy munosabatlarini aks 
ettiradiki, ularning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlari ushbu bobning navbatdagi 
paragrafida ko’rib chiqiladi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin